Линклар

Шошилинч хабар
27 ноябр 2024, Тошкент вақти: 15:31

Oʻzbek chegarachisi oʻqidan bir qirgʻizistonlik halok boʻldi


Illyustrativ surat
Illyustrativ surat

7 aprel kuni Oʻzbekiston chegarachisi otgan oʻqdan 34 yashar Qirgʻiziston vatandoshi halok boʻldi. Qirgʻiziston Chegara xizmati xabariga koʻra, Oʻzbekiston chegarachilari Qirgʻiziston hududida boʻlgan fuqaroga oʻq otgan. Oʻzbekiston tomoni hozircha ushbu voqeani sharhlagani yoʻq.

Voqea 7 aprel kuni Qirgʻizistonning Jalolobod viloyati Aksu tumani Mamay qishlogʻi hududida sodir boʻlgan.

Qirgʻiziston Davlat Chegara xizmati maʼlumotiga koʻra, Oʻzbekiston chegarachilari qirgʻizistonlik oʻz mamlakati hududida boʻlgan payti uni oʻqqa tutgan.

"Oʻzbekiston Respublikasi harbiy xizmatchilari Qirgʻiziston fuqarosi – Jalolobod viloyati, Aksu tumani, Qurulush qishlogʻida yashovchi, 1984 yilda tugʻilgan F.M.ga nisbatan qurol qoʻllashdi. U Qirgʻiziston hududida boʻlib, Mamay qishlogʻiga ketayotgan boʻlgan", deyiladi Qirgʻiziston Chegara xizmati rasmiy bayonotida.

Oʻzbek chegarasi oʻqidan oʻlgan qirgʻizistonlikning ismi-sharifi toʻliq ochiqlanmayapti.

Rasmiy bayonotda aytilishicha, F.M Qirgʻizistonning Kerben shahar kasalxonasiga yetkazilgan, biroq u olgan jarohatlari tufayli shifoxonada vafot etgan.

Qirgʻiziston Chegara xizmatidan olingan maʼlumotga koʻra, hozirda mazkur voqea boʻyicha tergov-surishtiruv ishlari boshlangan. Hodisa roʻy bergan joyda Qirgʻiziston Chegara xizmatining Jalolobod viloyat boshqarmasi zobitlari va huquq-tartibot idoralari vakillaridan iborat guruh ishlamoqda.

Shanba kuni Qirgʻiziston Bosh vaziri Sapar Isoqov tegishli idoralarga ushbu voqeani "Oʻzbekiston tomoni bilan birgalikda" tekshirish vazifasini topshirdi.

Oʻzbekiston tomoni ushbu voqeani hozircha izohlagani yoʻq. Oʻzbekiston Chegara xizmati rasmiylari Ozodlikning chegaradagi mazkur voqea boʻyicha savollarini ham javobsiz qoldirdi.

Jalolobod viloyati chegarachilaridan olingan maʼlumotga koʻra, sodir boʻlgan ushbu hodisaning qay vaziyatda sodir boʻlganiga aniqlik kiritish maqsadida 7 aprel kuni Oʻzbekiston va Qirgʻiziston tomoni vakillari uchrashgan.

Oʻzbek-qirgʻiz chegarasidan noqonuniy mol olib oʻtgan aka-ukalar otildi. Biri oʻldi

4 aprel kuni ham oʻzbek-qirgʻiz chegarasida sodir boʻlgan voqeada Oʻzbekiston chegarachisi oʻqidan bir kishi halok boʻlgan edi.

Andijon viloyati huquq tizimi mulozimining Ozodlikka aytishicha¸ 4 aprelda chegarani noqonuniy kesib oʻtayotgan paytda uch kishi oʻzbek chegarachisi tomonidan oʻqqa tutilgan va otilganlardan biri - 24 yashar Ahliddin Dehqonov olgan jarohatlari oqibatida vafot etgan, uning akasi va yana bir sherigi hozirda shifoxonada davolanmoqda.

Otilganlarning barchasi Oʻzbekiston vatandoshlari boʻlib, ulardan ikki nafari- aka-uka Odilbek va Ahliddin Qorasuv shahar, Uch tegirmon MFY, Terakzor koʻchasida, ularning uchinchi sherigi- 1994 yilda tuilgan Dehqonov Ahliddin Ahmadjonovich esa Qorasuv shahar Mustaqillikning 15-yilligi MFY, Boʻrilik koʻchasida yashaydi.

Hozircha Ozodlik chegaradan noqonuniy mol olib oʻtganlarga qarata oʻt ochgan oʻzbek harbiysining keyingi taqdiriga oid maʼlumotga ega emas.

U xizmat qiladigan 9228-sonli harbiy qismning Ozodlik bogʻlangan vakili voqea boʻyicha tergov harakatlari boshlanganini bildirdi.

“Bu holat boʻyicha tergov organlari faoliyatni boshlagan. Yaqinda tergov organlari vakillari rasmiy bayonot berishadi. Shu bayonot orqali voqeaga doir barcha maʼlumotni bilib olasiz”, dedi harbiy qism xodimi 5 aprel kuni Ozodlik bilan suhbatda.

2017 yil sentabrda Oʻzbekiston Qirgʻiziston bilan chegaradan oʻtishlar boʻyicha cheklovni bekor qilgan.

Joriy yil yanvariga kelib, qirgʻiz-oʻzbek chegarasidan oʻtayotganlar soni ikki barobarga koʻpaygani aytildi. Jumladan, “Qadamjoy” postida yoʻlovchilar oqimi bir sutkada 2000-2500 kshini tashkil qilayapti.

Ayni paytda chegaradan noqonuniy yuk olib oʻtish holatlari ham davom etayotgani kuzatilmoqda.

DXX Chegara qoʻshinlari joriy yilning 30 mart kuni eʼlon qilgan maʼlumotga koʻra¸ 2017 yil davomida oʻzbek chegarachilari tomonidan davlat sarhadlarida 5 mingga yaqin chegarabuzar qoʻlga olingan¸ 32 milliard soʻmlik kontrabanda mahsulotlari, 1 million 880 ming dollar va boshqa davlat valyutalari, 48 kilo 971 gramm giyohvand modda va 285 dona qurol ushlab qolingan.

Jumladan¸ DXX ga koʻra¸ oʻtgan oy oʻzbek-qirgʻiz chegarasidan 573 280 dollarni noqonuniy olib oʻtayotgan fuqaro, chegarachilarga duch kelgach, pul solingan sumkani tashlab qochgan.

XS
SM
MD
LG