Линклар

Шошилинч хабар
01 декабр 2024, Тошкент вақти: 08:45

Andijon markazidagi barak uylar 12 soatlik ogohlantiruvdan so‘ng buzilmoqda (VIDEO)


Andijon shahrining Pushkin ko‘chasidagi uylarning buzilishi
Andijon shahrining Pushkin ko‘chasidagi uylarning buzilishi

Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov buyrug‘i bilan 8 may kuni Andijon shahri markazidagi eski uylarni buzish boshlandi.

Uy egalariga bunday buzilishning rejalangani 2010 yildan buyon og‘zaki tarzda aytilgan bo‘lsa-da¸ rasmiy yozma ogohlantirish buzilish boshlanishidan atigi 12 soat oldin berilgan.

Yangi bozor yaqinidagi eski uylar markazda joylashgani va bu yerda yer narxining qimmatligini aytayotgan uy egalari shahar hokimligi Andijon chekkasidan va’da qilgan 2 sotixlik yer bilan beriladigan ikki xonalik uyning yetarli kompensatsiya emasligini aytmoqda.

Hokimlik rasmiylari¸ yangi uylarning besh oy mobaynida qurib bitirilishi va ungacha uyi buzilganlarga kollej yotoqxonasida yashab turish taklif qilinganini bildirdi.

Андижон марказидаги маҳалла аҳолиси куч билан кўчирилмоқда
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:07 0:00

Andijon shahri markazidagi Pushkin ko‘chasida yashovchilardan bir guruhining 8 may kuni Ozodlikka bildirishicha, shu kun ertalabdan militsiya xodimlari bosimida odamlar yashab turgan uylarni buzish boshlangan.

Bu jarayon tepasida bevosita Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov va shahar hokimi Dilmurod Rahmatullaevlarning o‘zi turgan.

Mustaqillik mahalla-fuqarolik yig‘ini raisiga ko‘ra¸ buzilishga tushgan 93 xo‘jalikda qariyb ikki ming nafar odam yashaydi.

Ozodlik 8 may kuni telefon orqali uylari buzilayotgan aholi bilan bog‘langanda, ular buzilish boshlanadigan aniq kunning oldindan aytilmagani¸ militsiya zo‘ravonligi va o‘zlarining ko‘chaga uloqtirilganidan shikoyat qildi.

- Kecha kechqurun viloyat va shahar hokimi kelib, majlis qilib aytdi. Ertalabdan esa militsiya bilan hokimlik ishchilari kelib, kuch bilan tomlarimizni ochib tashladi. Majburiy ko‘chaga olib chiqib qo‘yayapti. Yotoqxonaga joylashtiramiz deyapti, bir xonali yotoqxonada kelinlarimiz, bo‘yi yetgan bolalarimiz bilan qanday yotamiz, deydi Ozodlik suhbatdoshlari.

Andijon shahrining Pushkin ko‘chasidagi uylarning buzilishi
Andijon shahrining Pushkin ko‘chasidagi uylarning buzilishi

Mahalla faollariga ko‘ra¸ Mustaqillik MFYga qarashli eski uylarning ba’zilari 20-asrning o‘rtalarida qurilgan va shaharni obodonlashtirish dasturiga muvofiq buzilishga tushgan.

Ozodlik suhbatlashgan uysiz qolayotganlarning aytishicha, buzilish haqida gap-so‘zlar 2010 yildan beri mavjudligiga qaramay¸ ularning qachon buzilishi haqida shahar hokimligi tomonidan shu paytgacha aniq rasmiy ma’lumot berilmagan.

Andijon shahrining Pushkin ko‘chasidagi uylarning buzilishi
Andijon shahrining Pushkin ko‘chasidagi uylarning buzilishi

Uyi buzilishga tushgan Shahzoda Yunusova o‘z xo‘jaligidagi to‘rt oila yashashi va 15 kishilik bu oilaga 2 sotix yer berish aytilayotganini bildirdi:

- Hovlimiz eski bo‘lsa ham¸ olti sotixli yerimiz, besh xonali uyimiz bor. Ana shu 6 sotix evaziga 2 sotix yer bermoqchi. O‘n xo‘jalik bo‘lsang ham¸ 2 sotix beraman, deyapti. Opam turmushdan qaytib kelib ikki bolasi bilan, akam uchta bolasi bilan yashaydi, mening ham bitta bolam bor, turmushga chiqmagan singlim bor. Biz u yerga qanday sig‘amiz?, - deydi Shahzoda Yunusova.

Pushkin ko‘chasining 6-uyida yashaydigan Hotamjon To‘xtaev mahalliy hokimiyatni buziladigan uy o‘rniga teng qiymatli uy-joy berish haqidagi qonun talablarini buzayotganlikda ayblaydi :

- Bizning uy-joylarimiz Yangi bozorning yonida. Bu joyning har bir metri oltinga teng. Biz prezidentning qarorlariga qarshi chiqmaymiz. Mayli, shu eski joylarni obod qilish kerak ekan, mayli deymiz. Lekin, bizni itday haydab chiqarishyaptida. Axir chiroyli qilib, bizga shahardan uy berib, rozi qilsa, biz jonimiz bilan chiqib ketamiz. Bular esa kecha yarim tungacha ogohlantirish xati tarqatib chiqishdi va u xatning siyohi qurimay turib shahar hokimi 8 may kuni ertalab 400 ga yaqin ishchi olib kelib buzishga tushdi,- deydi Hotamjon To‘xtaev.

7 may kuni kechqurun berilgan ogohlantiruv xati
7 may kuni kechqurun berilgan ogohlantiruv xati

Uyi buzilayotganlarning aytishicha, norozilik bildirganlarga nisbatan militsiya kuch ishlatgan.

Ozodlik muxbiri Andijon markazida boshlangan munozarali "obodonlashtirish" jarayoniga oid e’tirozlarga munosabat olish maqsadida viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov bilan bog‘landi. Ozodlik muxbiri savolini eshitishi bilan hokim Abdurahmonov, "majlisdaman" deb¸ aloqani uzib qo‘ydi.

Andijon shahar hokimligining o‘zini tanishtirmagan mulozimi, bu ishlardan xabari borligini aytar ekan, uyi buzilayotganlarning hokimiyatga e’tirozi yo‘qligini iddao qildi.

“Propiskasi bor oilalarning hammasi yaxshi-yaxshi joylarga vaqtincha joylanayapti. Gap-so‘zsiz, hammasi rozi. Arzimagan uyga ham yer berilayapti. Agar o‘zlari borsa¸ o‘sha joydan yer olisholmaydi. Hammayoq qonuniy, konkret hujjat bilan bo‘layapti. Ularning asosiy e’tirozi shahar markazidan joy ber¸ deyapti. To‘g‘ri, endi har kimga yomon bo‘lsa ham o‘zining kulbasi aziz, lekin barak uylar shahar o‘rtasida tursa chiroyli bo‘lmaydida”, dedi shahar hokimligi mulozimi.

Mustaqillik MFY raisi Odinaxon Bakirovning Ozodlikka aytishicha, hokimlik xo‘jalikdagi har bir oilaga 2 sotixdan yer va uy qurib berishni va’da qilgan.

Uyi buzilishga tushgan fuqaroning qanday qonuniy haqqi bor?

O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksining 27-moddasida “Yer uchastkalari davlat yoki jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilishi munosabati bilan uyi (kvartirasi) buzilishi lozim bo‘lgan fuqarolarni turar-joy bilan ta’minlash” tartibi mana bunday belgilab qo‘yilgan:

“Yer uchastkalari davlat yoki jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilishi munosabati bilan fuqarolar mulkida bo‘lgan uylar (kvartiralar) buzilgan taqdirda mazkur fuqarolarga, ularning oila a’zolariga, shuningdek, ushbu uylarda (kvartiralarda) doimiy yashayotgan fuqarolarga ularning xohishiga binoan va taraflar kelishuviga ko‘ra barcha qulayliklari bo‘lgan avvalgisiga teng qiymatli uy-joy maydonining ijtimoiy normasidan kam bo‘lmagan sahndagi boshqa turar-joy mulk qilib beriladi hamda dov-daraxtlarning qiymati to‘lanadi yoxud buzilayotgan uy, boshqa imoratlar, inshootlar va dov-daraxtlarning qiymati to‘lanadi. Buzilayotgan uyning (kvartiraning) qiymati berilayotgan turar-joyning qiymatidan ortiq bo‘lgan holda bu farq mulkdorga kompensatsiya qilinishi lozim”.

XS
SM
MD
LG