Линклар

Шошилинч хабар
28 ноябр 2024, Тошкент вақти: 10:55

Oltiariqda o‘n kunlik chaqaloq jasadi topildi. Chaqaloqning onasi qidirilmoqda


Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanda kichik Farg‘ona kanali bo‘yida yangi tug‘ilgan qiz chaqaloq murdasi topilgan. Tuman Ichki ishlar bo‘limi mulozimining Ozodlikka aytishicha, chaqaloq o‘lik holda tashlab ketilgan. “Hozirda bola DNKsi asosida uning onasini aniqlash choralari ko‘rilmoqda va ushbu voqea yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda”, - dedi Ozodlik bilan suhbatda Oltiariq tumani IIBsining ismi sir qolishini so‘ragan mulozimi.

Voqea guvohlaridan birining Ozodlikka ma’lum qilishicha¸ bola odeyaloga o‘ralgan xolda Oltiariq tumani Qapchug‘ay qishlog‘i Sharq tongi mahallasidagi 41-sonli maktab yonidan oqib o‘tuvchi kichik Farg‘ona qanali bo‘yidan 2 yanvar kuni topilgan.

- 10 kunlik chaqaloq. Bo‘g‘ib o‘ldirib tashlab ketishgan deyishyapti. Hozir mahallada hamma oyoqqa turgan, - deydi Ozodlikka gapirgan oltiariqliklardan biri.

Tergov doirasida Farg‘ona Ichki ishlar boshqarmasi Oltiariq va unga qo‘shni tumanlardagi tug‘ruqxonalarda ishlaydigan va ishlamaydigan doyalarni so‘roq qilmoqda.

Hozircha jinoyat motivi va jinoyatga doir boshqa tafsilotlar Ozodlikka ma’lum emas.

Bu O‘zbekistonda yangi tug‘ilgan chaqaloqni o‘ldirib, tashlab ketish holatlari ilk bor qayd etilayotgani yo‘q.

Ikki yil avval Surxondaryoning Qiziriq tumanida chaqalog‘ini bo‘g‘ib o‘ldirib¸ ko‘lga tashlab ketgani gumonlanayotgan ayol qo‘lga olingan edi.

Surxondaryo viloyati huquq-tartibot idoralari yangi tug‘ilgan bolasini o‘ldirib, ko‘lga tashlaganlikda gumonlanayotgan ayol Qiziriq tumani Pedagogika kollejining 2-kurs o‘quvchisi ekanini ma’lum qilgandi.

2018 yil fevral oyida esa Namangan shahrining Sardoba mahallasidagi chiqindixona oldiga yangi tug‘ilgan chaqaloq jasadi qora rangli selofan paketga solingan holatda tashlab ketilganligi haqida Ozodlik xabar bergan edi.

XS
SM
MD
LG