Линклар

Шошилинч хабар
28 ноябр 2024, Тошкент вақти: 04:24

Chinozlik fermer: Hokim va muovini meni hammaning oldida do‘pposladi


2017 yilda Sirdaryo viloyati, Sayxunobod tumani hokimi Nosirjon Egamberdiev maktablarning direktorlarini yig‘ib, ularni bir qatorga tergan holda kaltaklagani tasvirlangan video Inernetda tarqaldi va tarmoqda qizg‘in muhokama qilingan edi. ​
2017 yilda Sirdaryo viloyati, Sayxunobod tumani hokimi Nosirjon Egamberdiev maktablarning direktorlarini yig‘ib, ularni bir qatorga tergan holda kaltaklagani tasvirlangan video Inernetda tarqaldi va tarmoqda qizg‘in muhokama qilingan edi. ​

Toshkent viloyatining Chinoz tumanidagi “Qo‘ng‘irot Erdavlat Fayz” fermer xo‘jaligi rahbari Abduvaqqos Aliqulov 23 fevral kuni Ozodlik bilan suhbatda tuman hokimi va muovini uni kaltaklagani haqida shikoyat qildi.

Fermerning iddaosicha, tuman hokimi Akmalxon Madiev va uning muovini Ravshan Norbo‘taev yerlarni klasterga topishirish masalasi ko‘rilgan majlisga kech qolib kelgani uchun hammani oldida haqoratlab urishgan.

Fermerning kaltaklanganini majlisda qatnashgan uning hamkasblari Ozodlikka tasdiqlashdi. Lekin, hokim va uning muovinidan bu haqda izoh olib bo‘lmadi.

“Qo‘ng‘irot Erdavlat Fayz” fermer xo‘jaligi rahbari Abduvaqqos Aliqulovning Ozodlikka aytishicha, yerlarni klasterga topshirish masalasiga bag‘ishlangan majlisga besh minut kech qolib borgani uchun hokim muovini uni hammani oldida haqorat qilgan, unga gap qaytarganidan keyin esa hokim bilan birgalashib kaltaklashgan.

- Zamhokim Ravshan Norbo‘taev majlisda menga kerakmas gaplarni gapirib tashladi-da. "Og‘zingga qarab gapir", degandim, hokim ham eshitdi gapimni, keyin ikkalasi tangillatib tashlashdi meni. Jamoat joyida ko‘pchilikni oldida meni sharmanda qilishdi. Ko‘kraklarimga urib tashlashdi, - dedi fermer Abduvaqqos Aliqulov.

Lekin, Aliqulov kaltaklangani haqida O‘zbekiston huquq-tartibot idoralariga shikoyat qilmaganini aytdi.

- Chunki zamhokim "erkakchilikda bo‘lib turadi", deganidan keyin indamadim, - deydi Abduvaqqos Aliqulov.

Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:30 0:00
Бевосита линк

Fermer kaltaklanganini majlisda qatnashgan uning bir necha hamkasbi ham Ozodlikka tasdiqladi.

- Fermerni ayamasdan urishdi. Yoqamni ushlab turdim. Lekin, u akamiz ancha mehnatkash fermer, yaxshi ish bo‘lmadi, - deydi ismi sir qolishini so‘ragan chinozlik fermer.

Ozodlik Chinoz hokimi va uning muoviniga bog‘lanib, ularning bu harakatlariga izoh so‘radi. Hokim Madievning yordamchisi uning ish joyida yo‘qligini aytdi, hokim muovini Norbo‘taev esa savolni eshitgach, aloqani uzib qo‘ydi va u bilan qayta bog‘lanishning imkoni bo‘lmadi.

Chinozlik fermerlarning Ozodlikka shikoyat qilishicha, fermer kaltaklangan majlisdan so‘ng ularning ko‘pchiligini yerlari olinib, klasterga topshirilgan.

O‘zbekistonda hokimlarning fermerlarni, korxona va tashkilotlar rahbarlarini haqorat qilish, urish holatlari ko‘p kuzatiladi.

2017 yilda Sirdaryo viloyati, Sayxunobod tumani hokimi Nosirjon Egamberdiev maktablarning direktorlarini yig‘ib, ularni bir qatorga tergan holda kaltaklagani tasvirlangan video Inernetda tarqaldi va tarmoqda qizg‘in muhokama qilingan edi. ​

Voqeadan olti oy o‘tib hokim lavozimidan olingandi.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev mushtumzo‘rlik davlat siyosatiga qarshi ekani, o‘z xodimlariga qo‘l ko‘taradigan rahbarlar jazosiz qolmasligi haqida ko‘p gapirgan.

Муштумзўр ҳокимлар нега жазосиз қолмоқда?
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:04:21 0:00

Prezident Mirziyoev 2017 yilning noyabr oyida o‘tkazgan hukumat majlisida amaldorlarning mushtumzo‘rligi va so‘kong‘ichligi davlat siyosatiga, prezident siyosatiga qarshi chiqish deb baholanishini aytgandi:

- Guruch ko‘rmaksiz bo‘lmaydi deganlaridek¸ o‘z mas’uliyatini unutib, oyog‘i yerdan uzilgan, men rahbarman¸ nima qilsam ham meniki to‘g‘ri¸ degan xato fikr bilan g‘o‘dayib yurgan ayrim odamlar ham yo‘q emas. Ularning o‘z xizmat lavozimlarini suiste’mol qilib, qo‘l ostidagi xodimlarga qo‘pol munosabatda bo‘layotgani, haqorat qilib, hatto qo‘l ko‘tarayotgani haqida bizga ko‘plab ma’lumotlar kelib tushmoqda. Bu bizga umuman noma’qul narsa. Bu illatni yo‘q qilish kerak, - degandi Mirziyoev.

Ҳокимдан калтак еган директор: Ҳоким раҳбарларни нафақат уради, балки тепадиям
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:17 0:00

O‘zbekistonning avvalgi prezidenti Islom Karimov ham mushtumzo‘rlik bilan boshqaruv usulidan voz kechish kerakligi haqida tez-tez gapirib turardi:

- Mushtumzo‘r rahbarlardan, musht bilan boshqaradigan rahbarlardan voz kechamiz endi barakatopgurlar. Kuchli, musht ko‘taradigan, zo‘ravonlik qiladigan, o‘zini savlati bilan hammani qo‘rqitadigan endi bo‘lmaydi O‘zbekistonda, - degan edi Karimov 2009 yildagi chiqishida.

Karimovning qariyb sakkiz yil avvalgi chiqishidan buyon¸ kuzatuvchilarga ko‘ra¸ mushtumzo‘rlik ko‘paysa ko‘paydi, lekin kamaymadi.

XS
SM
MD
LG