Линклар

Шошилинч хабар
28 ноябр 2024, Тошкент вақти: 02:42

G‘ofur Rahimov AIBA prezidentligidan iste’fo berdi


 G‘ofur Rahimov Xalqaro boks assotsiatsiyasi (AIBA) prezidenti lavozimiga o‘tgan yil noyabr oyida tashkilotning Moskvada bo‘lgan yig‘inida saylangan edi
G‘ofur Rahimov Xalqaro boks assotsiatsiyasi (AIBA) prezidenti lavozimiga o‘tgan yil noyabr oyida tashkilotning Moskvada bo‘lgan yig‘inida saylangan edi

G‘ofur Rahimov AIBA prezidenti lavozimidan iste’fo berdi. Rahimovning bu haqdagi bayonoti tashkilotning rasmiy saytida 22 mart kuni e’lon qilindi.

Bayonotda Rahimov bunday qarorga "siyosiy bosimlar, ayblovlar" sabab kelgani aytilgan.

AQSh Moliya vazirligining uyushgan xalqaro jinoiy guruh yetakchilariga qarshi sanksiyalari ro‘yxatiga kiritilgan o‘zbekistonlik tadbirkor G‘ofur Rahimov Xalqaro boks assotsiatsiyasi (AIBA) prezidenti lavozimiga o‘tgan yil noyabr oyida tashkilotning Moskvada bo‘lgan yig‘inida saylangan edi.

Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi o‘shanda Rahimovga o‘z nomzodini olishni tavsiya qilgan, aks holda Olimpiada dasturidan boks chiqarib yuborilishi haqida ogohlantirgan edi.

G‘afur Rahimov AQSh Moliya vazirligining uyushgan xalqaro jinoiy guruh yetakchilariga qarshi joriy qilgan sanksiyalari ro‘yxatiga ilk bor 2012 yilning 23 fevral kuni "Yevroosiyodagi jinoiy sindikat" yetakchilaridan biri sifatida kiritilgan edi.

"Postsovet fuqarolaridan tashkil topgan “Birodarlik xalqasi” (Bratva) dagi belgilovchi shaxs bo‘lgan G‘afur Rahimov o‘zbek uyushgan jinoyat olami yetakchilaridan biri va u Markaziy Osiyoda narkotik moddalar ishlab chiqarish bo‘yicha ixtisoslashgan. Rahimov dunyoning yirik narkosindikatlarida geroin kontrabandasi bilan bog‘liq operatsiyalarda qatnashib kelmoqda"¸ deb yozilgan AQSh Moliya vazirligi o‘z rasmiy saytida 2013 yil 30 oktabrida e’lon qilgan hujjat matnida.

Ayni shu sanada AQSh Moliya vazirligi G‘afur Rahimovga aloqador deb ko‘rilgan yana olti shaxs va to‘rt shirkatga nisbatan jazo choralari joriy qilgan edi.

Bu ro‘yxatga nomlari kiritilgan shaxs va shirkatlarning AQSh banklaridagi hisoblarini muzlatilgan va AQSh fuqarolarining ular bilan har qanday hamkorligi taqiqlangan.

XS
SM
MD
LG