Линклар

Шошилинч хабар
29 ноябр 2024, Тошкент вақти: 02:36

Jizzaxda YoI yetakchilariga hasharotlarni o‘ldiradigan uskunaga xaridor topish majburiyati yuklandi


Yoshlar Ittifoqining Jizzax viloyati kengashi shu binoda joylashgan.
Yoshlar Ittifoqining Jizzax viloyati kengashi shu binoda joylashgan.

Jizzax viloyat, Sharof Rashidov tumanidagi Yoshlar Ittifoqi yetakchilariga tashkilotning viloyat kengashi rahbariyati tomonidan zararli hasharotlarga dori sepadigan, narxi 700 ming so‘mlik apparatni sotish yoki sotib olish majburiyati yuklatildi.

Bu haqda Ozodlikka shikoyat qilgan YoI yetakchilarga ko‘ra, ular o‘z mahallasidan kimnidir topib, bu apparatni sotib olishga ko‘ndirishi yoki o‘zi uning pulini to‘lashi shart.

Yoshlar Ittifoqining tuman va viloyat kengashlari rahbarlari bu tadbir yoshlarni ish bilan ta’minlash uchun amalga oshirilayotganini aytdi.

Жиззахда ЁИ етакчиларига ҳашаротларни ўлдирадиган ускунага харидор топиш мажбурияти юкланди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:00 0:00
Бевосита линк

Sharof Rashidov tumanidagi Yoshlar Ittifoqi yetakchilaridan Ozodlikka kelgan maktubda bunday deyilgan:

“Tumanimizda Yoshlar Ittifoqi yetakchilariga qishloq xo‘jaligiga oid uskunalar majburlab, 700 ming so‘mdan sotilmoqda. Yo oladigan bola top yoki o‘zing olasan, deyishmoqda”

Maktubga Uchtepa qishloq xo‘jaligi kolleji hovlisida olingan video ham ilova qilingan.

Фирма мутхассиси ёшлар етакчиларига дори сепиш ускунасини қандай ишлатишни ўргатмоқда
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:28 0:00

Ozodlik suhbatlashgan, ismi sir qolishini so‘ragan yetakchilardan birining aytishicha, videoda uskunani sotayotgan firma mutaxassislaridan biri, yetakchilarga apparatning qanday ishlashini kollej hovlisida o‘rgatayotgani aks etgan:

“11 aprel kuni bu mutaxassis bizga uning qanday ishlashini o‘rgatganidan keyin Yoshlar Ittifoqining tuman kengashi raisi bunday apparatdan 48 ta olib kelingani va har bir maktab yetakchisi mahalladan birortasini topib, unga sotishni, agar sotolmasak o‘zimizning maoshimizdan ushlab qolinishini aytdi”.

Yetakchining aytishicha, bu uskunaga xaridor topish qiyin bo‘lyapti:

“Mahallamizda haqiqatan ham ishsiz yoshlar juda ko‘p. Lekin hech kim bu apparatni 700 ming so‘mga sotib olishga unamayapti. Yigitlar, “kimning eshigiga borib, ekiningni dorilab beray deymiz. Keyin biz agronom bo‘lmasak, qanaqa dori ishlatilishini qaerdan bilamiz. Zaharli dorining xavfsizlik choralarini biz qaerdan bilamiz, boshqa dori sepib qo‘yib birovning ekinini quritib qo‘ysak, nima bo‘ladi”, kabi savollar bermoqdaki, unga bizning javobimiz yo‘q. Bu tomondan esa kengash raisi odam top, topmasang o‘zing ol, deb majbur qilmoqda”.

Yoshlar Ittifoqining Sharof Rashidov tuman kengashi raisi Hasan Mahammadiev dori sepadigan uskunalar o‘zlarining tashabbusi bilan olib kelinganini aytdi:

“Apparat 48 ta mahallaga sotilgan, sotilmagan, u ham bo‘lib-bo‘lib berish sharti bilan berilgan. Yetakchilarimizga shu mahallalardan nomzod topib kelish aytilgan. Bizlar o‘zimiz tashabbus bilan chiqqanmiz, 48 ta mahalladan kam ta’minlangan oila a’zosi bo‘lgan bola o‘sha apparatni olsa, uning bandligi ta’minlanadi. O‘zining mahallasida bir-ikki so‘m pul ishlab topsin, degan maqsadda qilingan”.

Ammo, ismi sir qolishini so‘ragan YoI yetakchilaridan biriga ko‘ra, bu tadbir kimningdir sotilmay qolgan mollarini Yoshlar Ittifoqi orqali o‘tkazish uchun qilinmoqda:

“Bu apparatlar Sharof Rashidov tumaniga kelitirilishidan avval Baxmal tumanidagi Yoshlar Ittifoqiga olib kelingan edi. U yerda o‘tkaza olishmadi, shekilli, endi bizning tumanga olib kelib tashlashdi. Yoshlar Ittifoqi zaharli dorilar bilan ishlash kurslarida o‘qimagan bolalarning salomatligi ham xavf ostida qolayotganini tushunmayapti, shekilli”.

Yoshlar Ittifoqining Jizzax viloyat kengashi raisi Dilmurod Xudoyshukurov, bu uskunalar kimningdir buyrug‘i bilan keltirilganini inkor qildi:

“Bu - “Yosh fermerlar” kengashimiz bilan birga qilingan loyiha. Biror kishining buyrug‘i bilan qilinmagan. Maqsad - ish bilan ta’minlash. Agrar universitetdan domla kelib, talabgorlarga uch kun dars o‘tdi. Pomidorga qanday dori sepiladi, bodiringga qanday? Agar bu tadbir o‘zini oqlasa? boshqa tumanlarga ham taklif qilamiz”.

"Yoshlar Ittifoqi yetakchisi" tashkilotning maktablardagi boshlang‘ich tashkiloti rahbaridir.

XS
SM
MD
LG