Линклар

Шошилинч хабар
29 ноябр 2024, Тошкент вақти: 00:42

OzodTa'sir: Chorvador fermerga Germaniyadan keltirilgan zotli mollar ozuqasi uchun yer berildi


"To‘lqin Dang‘ara ravnaqi" chorvachilik fermer xo‘jaligi
"To‘lqin Dang‘ara ravnaqi" chorvachilik fermer xo‘jaligi

Farg‘ona viloyati, Dang‘ara tumanidagi chorvachilikka ixtisoslashtirilgan “To‘lqin Dang‘ara ravnaqi” fermer xo‘jaligiga tuman hokimi qarori bilan 32,5 gektar yer ajratib berildi.

Ozodlik fermerning 37,5 gektar yeri asossiz ravishda olib qo‘yilib, boshqa fermerga qo‘shib berilgani haqida 2 aprel kuni xabar bergan edi.

Ozodlikka 23 aprel kuni “To‘lqin Dang‘ara Ravnaqi” fermer xo‘jaligi ishchilaridan kelgan maktubda bunday yozilgan.

“Assalom alaykum, Ozodlik jurnalistlari, sizlarga ming rahmat Mamadalievlar xonadoni va 30 nafar ishchilar sizlarning yordamlaringiz bilan yuqori tashkilotlarga yozgan arizalari nazoratga olinib, bugungi kunda Germaniyadan keltirilgan 160 bosh qoramol uchun 33 gektar chorva yeri ajratilib, tuman hokimi S. Aminjonov qaror chiqarib berdi. Iloxim xalq dardi bilan charchamanglar!”

"To‘lqin Dang‘ara ravnaqi" chorvachilik fermer xo‘jaligi rahbari Murodjon Mamadaliev
"To‘lqin Dang‘ara ravnaqi" chorvachilik fermer xo‘jaligi rahbari Murodjon Mamadaliev

​Fermer xo‘jaligi rahbari 69 yashar Murodjon Mamadaliev ham 23 aprel kuni Ozodlik bilan suhbatda, chorva ozuqasi uchun yer ajratilganini tasdiqladi:

“Rahmat, rahmat. Ozodlikning sharofati bilan hozir xursand bo‘lib, o‘g‘lim bilan gaplashib o‘tirgan edim. Shunchalik qonun talab qiladiganlar ham bor ekan. 37,5 gektar o‘zimni yerim o‘sha fermerda qoldi endi, unga qaror chiqarib yuborilgan ekan. Bizning chorvaga 38 gektar yer kerak edi, hokim 32,5 gektarga qaror chiqardi. Shunisiga ham shukr. Bu yer ham yomon emas. Endi faqat chorva ozuqasi uchun ekin ekamiz. Lekin, u yerga ham hozir paxta, g‘alla ekib qo‘ygan¸ bo‘shasa keyin bizga o‘tadi. Avvalgi yerimdagi bug‘doy somoni va takroriy ekin ham sizniki deyishayapti”.

Murodjon Mamadaliev 1994 yilda o‘zi boshqargan sovxoz fermasini auksionda yutib olib, chorvachilikka ixtisoslashtirilgan “Zilola” xususiy fermer xo‘jaligi tashkil qilgan va unga chorva ozuqasi uchun 61 gektar yer berilgan edi.

2009 yilda fermer sutni qayta ishlab, pishloq ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan va o‘ndan ortiq odamni ish bilan ta’minlagan.

2016 yilda 150 bosh qoramoli borligiga qaramasdan o‘sha paytdagi Dang‘ara tumani hokimi Sh. Abdusalomov qarori bilan qisqarib-qisqarib 37,5 gektarga tushib qolgan yer paxta, g‘alla ekish uchun davlat zaxirasiga qaytarilgan.

Mamadaliev yana tenderda o‘z yerini yutib olib, “To‘lqin Dang‘ara ravnaqi” fermer xo‘jaligini tashkil qilgan va g‘alladan bo‘shagan yerga takroriy ekin ekib, chorvachiligini rivojlantirgan.

2019 yil yanvar oyidagi maqbullashtirishga oid hukumat qarori chiqishi ortidan o‘z eri biror rasmiy hujjat taqdim qilmasdan¸ ogohlantiruvsiz boshqa fermerga qo‘shib berilgan edi.

30 одамга иш берган чорвадор фермерни ҳокимият синдирди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:04:17 0:00

Ayni paytda, bu chorvachilik fermasida 160 bosh zotli qoramol boqilmoqda.

Fermer pishloq ishlab chiqarish sexini ham qayta ishga tushirish niyatida ekanligini aytdi.

XS
SM
MD
LG