Линклар

Шошилинч хабар
27 ноябр 2024, Тошкент вақти: 11:46

Qo‘qonda bo‘lmagan konsert uchun bank xodimlari oyligidan pul ushlab qolindi


 Konsertga biletlar Qo‘qondagi bozor va hususiy do‘kon egalariga ham majburlab sotilgan.
Konsertga biletlar Qo‘qondagi bozor va hususiy do‘kon egalariga ham majburlab sotilgan.

Ozodlik qo‘lga kiritgan hujjatlarga ko‘ra​, Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida bo‘lmagan hayriya konserti uchun bank, bozor va soliq idoralari xodimlari maoshidan kesib qolingan.

28 may kuni Qo‘qon shahar o‘yingohida kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam berish maqsadida “Yulduzlar ishtirokidagi xayriya konserti” o‘tkazilishi kerak edi.

Ammo, konsert noma’lum sabablarga ko‘ra o‘tkazilmadi.

Ozodlik hujjatlaridan ma’lum bo‘lishicha, shahardagi o‘ndan ziyod bank bo‘limining har biriga 60 donadan, Qo‘qon Bozorlar va savdo komplekslariga 852 dona, Qo‘qon soliq inspeksiyasi bo‘limiga esa 1020 dona (jami 2652 dona) konsert chiptasi 15 ming so‘mdan majburiy ravishda tarqatilgan.

Qo‘qondagi 13ta bank bo‘limi, Qo‘qon Bozorlar va savdo komplekslari va Qo‘qon soliq inspeksiyasi bo‘limiga konsert chiptasini olish tayinlangan hujjat..
Qo‘qondagi 13ta bank bo‘limi, Qo‘qon Bozorlar va savdo komplekslari va Qo‘qon soliq inspeksiyasi bo‘limiga konsert chiptasini olish tayinlangan hujjat..

Qo‘qondagi Mikrokredit bankining ismi sir qolishini istagan xodimi bo‘lmagan konsert uchun oyligidan pul ushlab qolinganini Ozodlikka tasdiqladi.

- Bankimizga donasi 60ta bilet berildi, "hamma olishi shart", deyildi. Ba’zilarga ikkita, ba’zilarga uchtadan bo‘lib berishdi. Konsert bo‘lmadi, lekin oyligimizdan shu pulni ushlab qolishdi, - deydi Qo‘qondagi Mikrokredit bankning ismi ochiqlanmasligini istagan xodimi.

Biletlar Qo‘qondagi bozor va xususiy do‘kon egalariga ham majburlab sotilgan.

- Ol deyishdi, oldik. Hokimni buyrug‘i deyishdi. Konsert bo‘ladimi, bo‘lmaydimi, bizga ahamiyati yo‘q”, - deydi qo‘qonlik savdogar.

Ozodlik bilan suhbatda bo‘lgan bank xodimlariga ko‘ra, xayriya konserti va majburlab chipta sottirilishi tashkilotchisi Qo‘qon hokimligi bo‘lgan.

Bunaqa maynavozchilik, majburiy, bema’ni konsertlar - Qo‘qon shaxar hokimining ishi. Bank, bozor va soliq idoralariga bilet olishga boshqa kim buyruq bera oladi?” - deydi qo‘qonlik bank xodimi.

Lekin, Qo‘qon hokimligi rasmiysi konsertga ham, pul yig‘ishlarga ham ularning aloqasi yo‘qligini aytdi.

- Konsert bo‘lmagan, to‘g‘ri. Buni nodavlat tashkilotlari uyushtirgan ekan-da. Endi hokimiyat ham chetda qarab turmaydi, ko‘mak beradi. Kam ta’minlarga yordam berish maqsadida uyushtirilgan-da. Lekin, bilet majburlab sotilgani haqida ma’lumotga ega emasmiz, - dedi Qo‘qon shahar hokimligining Ozodlik suhbatlashgan rasmiysi.

Konsert nega o‘tkazilmadi? Bo‘lmagan konsert bileti uchun oyliklaridan ushlab qolingan pullar xodimlariga qaytarib beriladimi?

Qo‘qon hokimligi rasmiysi bu savolni javobsiz qoldirdi.

O‘zbekistonda konsert tomoshalariga chiptalar byudjet tashkilotlari xodimlariga majburlab sotilishi uchrab turadi.

O‘tgan oy Qashqadaryoda xonanda Anvar Sanaev konsertiga biletlarni maktab o‘qituvchilari va o‘quvchilariga majburlab sottirgan Qashqadaryo viloyati xalq ta’limi boshqarmasi va Qarshi shahar xalq ta’limi bo‘limi rahbarlariga intizomiy jazo ko‘rilgan edi.

XS
SM
MD
LG