Линклар

Шошилинч хабар
28 ноябр 2024, Тошкент вақти: 09:37

Dalaga go‘ng chiqarmagan tuman IIB boshliqlarini viloyat IIB boshlig‘i hokimlarday so‘kdi


Qashqadaryo viloyati IIB boshlig‘i Dilshod Tursunboyev
Qashqadaryo viloyati IIB boshlig‘i Dilshod Tursunboyev

Qashqadaryo viloyati IIB boshlig‘i Dilshod Tursunboyev tumanlar IIB boshliqlarini qattiq haqorat qilgani iddao qilingan audioyozuv Ozodlikka 23 avgust kuni keldi.

Audioni Ozodlikka jo‘natgan tuman IIB boshlig‘i o‘rinbosarlaridan birining aytishicha, Dilshod Tursunboyev ichki ishlar bo‘limlari boshliqlarini dalaga mahalliy o‘g‘it chiqarishga kam mashina jalb qilganligi uchun haqorat qilgan.

Audioda katta boshliq kichik boshliqlarni “hayvon, b...d, j...b, a...ga s...y”, kabi so‘z va iboralar bilan “siylaydi”.

Qashqadaryo viloyat ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati rahbari Ravshan Tursunov boshlig‘ining haqoratli so‘zlariga izoh so‘ralganda, aloqani uzib qo‘ydi.

Qashqadaryo viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i Dilshod Tursunboyev tumanlar IIB boshliqlarini haqorat qilgani deb iddao qilingan ikkita audioyozuv avgust oyining boshida yozib olingani aytildi.

Bu audioyozuvni Ozodlikka taqdim etgan shaxs tumanlardan birida IIB boshlig‘ining o‘rinbosari bo‘lib ishlayotganini aytar ekan, shaxsi sir tutilishini iltimos qildi.

Uning aytishicha, bu audiolar avgust oyining boshida Dilshod Tursunboyev o‘tkazgan ikkita yig‘ilishdan yozib olingan:

“Bizda, ichki ishlarda boshliqning barcha boshliqlar bilan selektorga o‘xshagan “Robot” degan gaplashish sistemasi bor. Ya’ni viloyat IIB boshlig‘i o‘z kabinetidan turib, tuman IIB boshliqlari bilan selektor qilib gaplashadi. Bu ichki yig‘ilishda boshliq o‘rinbosarlari va boshqa rahbarlar ham qatnashadi. Bu audiolar avgust boshidagi ikki kunda o‘tkazilgan yig‘ilishdan yozib olingan”.

Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:14 0:00
Бевосита линк

Audiodan anglashinishicha, viloyat IIB boshlig‘i Dilshod Tursunboyev tumanlar ichki ishlar bo‘limlari boshliqlarini dalaga mahalliy o‘g‘it tashishga kam mashina jalb qilingani uchun haqorat qiladi:

“Topshiriq bergandim, sanlar hayvonga o‘xshaysan, j...b! P...z, so‘ksam b...d xafa bo‘lasan. Q...mni boshigami, Muborak mana 17 tagina moshina chiqargan. Qamashi 27 ta chiqargan, Koson 24 ta, Kitob 10 ta j...b! O‘likka o‘xshaysan j...b”.

Audio davomida Dilshod Tursunboyevniki deb iddao qilinayotgan ovoz egasi yo‘l harakati xavfsizligi xodimlarini bu ishga jalb etmagani uchun boshliqlarni yana haqorat qilishda davom etadi:

“Hammangda GAI bor, j...b! Xizmat bo‘yicha o‘rinbosar bor. Q...ngni osiltirib yuraver, itdan tarqaganga o‘xshab, b...d! Nima deb gapirish kerak b...d, ishlash uchun. Hayvon, davlat rahbari aytgan bo‘lsa, o‘zingning taqdiringgga nega befarqsan, jinoiy javobgarlikka tortilasan divotti, sanlar nima qilyapsanlar, b...d? Raportingni yozib ket! Bugun mahalliy o‘g‘it chiqarish bo‘yicha shunaqa ko‘rsatkichlar bo‘ladigan bo‘lsa, kechqurun xonamga kelasan, o‘shetta gaplashamiz! Ikkita narsa bilan shug‘ullan dedim. Tomorqa, o‘g‘it chiqarish. Mana shu narsalar bilan nega shug‘ullanmaysan? A...ngni chiqaraman, j...b, bugun kechqurun!”

Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:48 0:00
Бевосита линк

Ozodlikka yuborilgan ikkinchi audioda, Dilshod Tursunboyevning ovozi deb iddao qilinayotgan shaxs yig‘ilishlarda qatnashmagan xodimlarini haqorat qiladi:

“Birinchi navbatda pogoningni yulib olaman, j...b! Eshitib ol hammang, b...d! Ko‘tingni qisib ishlagin. Hayvon, b...d! Molga o‘xshaysan, b...d! Hammangni tekshiraman, b...d! Qani bir dejurniy bo‘lmasin? Yig‘ilish vaqti e’lon qilinadi, qaysi biring kotibing kasalman, ko‘tiga bir nima chiqqan bo‘lsa, san o‘zing kelasan, ichki ishlar boshlig‘i. Eshitib ol mani, man shaxsan qatnashaman. Sanlarga nima deb gapirish kerak, iltimos qilib ishlatish kerakmi? O‘zingni hurmatingni bilsang bo‘lmaydimi, he a...ga s...y sanlarni”.

Viloyat Ichki ishlar boshqarmasida ishlaydigan, ismi sir qolishini so‘ragan mulozimlardan biri audioni Telegram messenjeri orqali eshitgach, undagi ovoz Dilshod Tursunboyevniki ekanligini tasdiqladi.

Ozodlik Qashqadaryo viloyati IIB matbuot xizmati rahbari Ravshan Tursunov bilan bog‘lanib, radio tahririyatiga ikkita audioyozuv kelib tushganini, unda boshqarma boshlig‘i Dilshod Tursunboyev tumanlar IIB boshliqlarini haqorat qilayotgani aks etganini aytdi va izoh so‘radi.

Matbuot xizmati rahbari hamma gapni eshitib bo‘lgandan so‘ng, birpas jim turdi-da, so‘ngra “alo, alo.. ovozingiz eshitilmay qoldi”, deb aloqani uzdi.

Ravshan Tursunov Ozodlikning keyingi qo‘ng‘iroqlarini javobsiz qoldirdi.

O‘zbekistonda marhum prezident Islom Karimov davrida boshlagan kuch ishlatar tizim xodimlarining o‘z faoliyatiga bog‘liq bo‘lmagan ishlarga biriktirib qo‘yilishi, fermerlarning faoliyatini kuzatishi, dala ishlariga aralashishi hozir ham davom etmoqda.

Prezident Mirziyoyevning qarori bilan prokuratura, IIB va soliq idoralari tumandagi sektorlarga bog‘lab qo‘yilgan.

IIB boshliqlari va prokurorlar dalaga go‘ng chiqarish, paxtani sug‘orish, bug‘doy o‘rimini nazorat qilish kabi ishlarga ham mas’ul.

Jumladan, Qashqadaryo viloyati, Kasbi tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i Chori Ko‘charov, o‘zi bosh bo‘lib o‘tkazgan seminarda o‘ndan ortiq fermer va mirobni jaziramada turgan avtobus ichiga ikki soat qamab qo‘ygani haqidagi Ozodlik xabaridan so‘ng ishdan olingan edi.

O‘zbekistonda rahbarlarning qo‘l ostidagi xodimlarini haqorat qilishi birinchi uchrayotgan hodisa emas.

Ozodlik viloyat va tuman hokimlarining tashkilot, korxona rahbarlari, fermerlar, o‘qituvchi va shifokorlarni haqorat qilgani haqida avval ham xabar bergan edi.

Farg‘ona shahar hokimi Hamid Habibiddinov yig‘inda ishtirok etgan bo‘limning 8 xodimiga nisbatan haqoratli so‘zlarni o‘nlab marotaba ishlatgan edi.

Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonovning korxona-tashkilotlar rahbarlari bilan o‘tkazgan yig‘ilishda rahbarlarini inson sha’nini tahqirlovchi so‘zlar bilan haqorat qilgani haqida Ozodlik 26 iyun kuni xabar bergan edi.

XS
SM
MD
LG