Линклар

Шошилинч хабар
26 ноябр 2024, Тошкент вақти: 11:47

IIV jurnalist Davlat Nazarning o‘limiga siyosiy tus bermaslikni so‘radi (VIDEO)


Davlat Nazar o‘limiga doir matbuot anjumanidan olingan surat.
Davlat Nazar o‘limiga doir matbuot anjumanidan olingan surat.

12 noyabr kuni O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi mashina urib ketishi oqibatida halok bo‘lgan xorazmlik jurnalist Davlat Nazar (Davlatnazar Ro‘zmetov) o‘limi bo‘yicha va ruhiy kasalxonaga tashlangan bloger Shabnam (Nafosat) Olloshukurova vaziyatiga doir matbuot anjumani o‘tkazdi.

Anjuman payti Davlat Nazarning o‘limiga doir kuzatuv kameralariga olingan video tasvirlar slaydshou tarzida namoyish qilindi.

Tadbir ishtirokchilari jurnalist o‘limiga siyosiy tus bermaslikni, bu “baxtsiz hodisa” ekanini ta’kidlagan.

Xorazmdagi og‘riqli mavzularni yoritib kelgan jurnalist Davlat Nazar 6 noyabr oqshomida mashina urib ketishi oqibatida halok bo‘lgan edi.

48 yashar Davlat Nazar keyingi ikki yil ichida tanqidiy qarashlari sabab bir necha bor hibsga olingan.

Ozodlik bilan yaqin hamkorlik qilib kelgan Davlat Nazar keyingi paytda muntazam kuzatuvda ekani haqida aytgandi.

ИИВ журналист Давлат Назар ўлимига сиёсий тус бермасликни сўради
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:26 0:00

Matbuot anjumanida Ichki ishlar vazirligi, Xorazm viloyat Ichki ishlar boshqarmasi va Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati mulozimlari, tergov bo‘limi xodimlari - jami 20 nafar xodim ishtirok etdi.

Shuningdek, prezident Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori Komil Allamjonov​, Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) va mahalliy matbuot vakillari ham qatnashdi.

Slaydshou

Ikki soat davom etgan tadbirda ishtirok etgan mustaqil jurnalist Abdurahmon Tashanovga ko‘ra, jurnalist Davlat Nazar o‘limiga doir

Davlat Nazar o‘limiga doir matbuot anjumanidan olingan surat.
Davlat Nazar o‘limiga doir matbuot anjumanidan olingan surat.

tafsilotlar katta monitorlarda foto va video yordamida xronologik tartibda namoyish qilingan:

- Tergov organi jurnalist Davlatnazar akaning hayotiga nuqta qo‘ygan yo‘l-transport hodisasini hamkasblari, do‘stlari bilan ko‘rishgan paytdan boshlab videolari hammasi olgan ekan. Mehmonxonada, xayrlashayotganda, taksiga o‘tirayotganda, yo‘l- transport hodisasi bo‘lgan joyda olingan hamma videolarni olib kelib, slaydshou qilib ko‘rsatishdi.

Tashanovning aytishicha, bu videolarning aksari kuzatuv kameralariga tushib qolgan tasvirlardir:

- Hozir xuddi Yevropadagi singari kafelarda, ko‘chalarda kuzatuv kameralari qo‘yilgan. Bu kadrlar o‘sha kuzatuv kameralaridan olingan.

Абдураҳмон Ташанов билан суҳбат
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:09:35 0:00
Бевосита линк


Davlat Nazar 23.55 da o‘lganmi, 22.55 dami?

Ozodlik muxbiri 6 noyabr kuni Davlat Nazar bilan eng so‘nggi uchrashganlardan ikki nafari bilan gaplashdi. Ulardan biri jurnalist, yana biri - advokat. Ularning aytishicha, uchalasi Urganchdagi kafelardan birida o‘tirib, suhbatlashishgan. Ular soat 21:30da kafedan chiqqach, Davlat Nazar taksiga minib, Qo‘shko‘pirdagi uyiga ketganini aytishdi.

Davlat Nazar o‘limiga doir matbuot anjumanidan olingan surat.
Davlat Nazar o‘limiga doir matbuot anjumanidan olingan surat.

O‘zbekiston Bosh prokuraturasi jurnalist Davlat Nazar "avtohalokat qurboni bo‘lgani" haqida zudlik bilan rasmiy ma’lumot e’lon qilib, voqea 6 noyabr kuni soat 23:55 larda sodir bo‘lgani haqida xabar bergan edi.

Tashanovning aytishicha, tadbir payti rasmiy bayonotda ko‘rsatilgan vaqtda xatolik bo‘lgani aytilgan:

- Bular o‘zlarining tergov eksperimentlari bilan bu voqea 22:55 da bo‘lgani, ya’ni bir soat oldin bo‘lgani to‘g‘risidagi ma’lumotlarni xronologiya bilan chizib berishdi. Masalan, (kafedan chiqib) taksiga o‘tirgani, taksichi bilan janjallashib qolib, mashinadan tushib qolgani, ularning tergovda bergan ko‘rsatmalari hammasi ochiqcha bayon qilindi. Taksichi bilan janjallashib qolgani, ikki marta taksi almashtirgani shu paytgacha matbuotga ma’lum emasdi.

Matbuot anjumani. 12 noyabr
Matbuot anjumani. 12 noyabr

“Jurnalist o‘limini siyosiylashtirmanglar”

Davlat Nazarning Feysbukdagi sahifasiga o‘limidan so‘ng (teg qilib) yozilgan postlarning aksarida jurnalist o‘limi shubha ostiga olingan:

"Jurnalist o‘limi hech qachon oddiy o‘lim bo‘lmaydi. Davlat Nazardek qalami o‘tkir jurnalistning o‘limi – inchinun. Ushbu hodisa yuzasidan shaffof tekshiruv va batafsil axborot kutib qolamiz", deya yozdi, jumladan, bloger Shahnoza Soatova.

12 noyabr kungi tadbirda ishtirok etgan jurnalistlarga ko‘ra, huquq-tartibot idoralari xodimlari Davlat Nazar o‘limiga siyosiy tus bermaslikni so‘ragan:

- Bu yo‘l-transport hodisasi deb talqin qilindi va aftidan ushbu matbuot anjumani shu talqinni jamoatchilikka berish uchun uyushtirildi, dedi Tashanov.

Tadbirda Davlat Nazarning jiyani Furqat Ro‘zmetov jurnalistning qarindoshlari “avtohalokat maxsus uyushtirilmagan” deb hisoblashini ta’kidlagan:

- Davlatnazar akaning jiyani ommaviy axborot vositalaridan har xil siyosiy bo‘yoqlar bermaslikni so‘rab, hukumat maxsus uyushtirmadimi degan savollarga javob berdi. U matbuot xodimlaridan iltimos qildi: “Maxsus uyushtirilmagan deb hisoblaymiz. Iltimos shuning uchun bu gaplarni to‘xtatinglar. Bunaqangi narsa bo‘lishi mumkin emas”, deb maxsus bayonot berdi.

Ҳукумат босими остида бўлган журналист Давлат Назар машина уриши оқибатида ҳалок бўлди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:43 0:00

Hibs va qamoqlar

Davlat Nazar taxallusi bilan ijod qilgan qo‘shko‘pirlik 48 yashar Davlatnazar Ro‘zmetov oldin “Yoshlar ovozi” gazetasining Xorazm viloyati bo‘yicha muxbiri bo‘lgan.

Keyinchalik u “Xorazm yoshlari” gazetasida faoliyat yuritdi.

So‘nggi paytda u "Jamiyat" ijtimoiy-siyosiy gazetasi​ muxbiri sifatida faoliyat yuritgan.

U o‘zining Feysbukdagi sahifasida O‘zbekistonda bo‘layotgan voqealarga faol fikr bildirishi bilan ham mashhur edi.

Davlat Nazar O‘zbekiston hayotida muxim bo‘lgan voqea ya’ni Urganch shahar Ashxobod ko‘chasidagi uyi buzilganlar namoyishi haqida Ozodlikka ma’lumotlarni yetkazgani ortidan muammolarga duch kelgani ma’lum.

O‘limidan oldin u bloger Shabnam Olloshukurovaning ruhiy dispanserga joylashtirilgani haqidagi ma’lumotlarni tarqatgani ortidan tazyiqqa uchragani haqida Ozodlikka aytgandi:

"Hozirgina AQSh elchixonasi siyosiy masalalar bo‘yicha birinchi kotibi Reychel Vulf xonim bilan uchrashdik. Uchrashuv jarayonida diplomat xonim bilan O‘zbekistonda so‘z erkinligi, demokratik jarayonning rivojlanishi, inson huquqlari hamda jurnalist va blogerlarga ayrim organ va tashkilotlar tomonidan bo‘layotgan bosimlar, ta’qiblar xususida, jumladan, o‘zimga bo‘layotgan ta’qiblar hamda majburiy tarzda ruhiy kasalliklar shifoxonasida saqlanayotgan Nafosat Ollashukurova xususida suhbatlashdik", deya xabar yo‘llagandi Davlat Nazar o‘limidan bir necha kun avval.

Davlat Nazar tanqidiy maqolalari va muxolif qarashlari sabab keyingi ikki yil ichida bir necha bor qamoqqa tashlandi.

Joriy yilning 5 oktabr kuni paxtada majburiy mehnat masalasini yoritib kelgan Davlat Nazar hibsga olinib, Urganch militsiya bo‘linmasida besh soat ushlab turilgach qo‘yib yuborildi.​

O‘tgan yilning 29 oktabr kuni "Xorazm yoshlari" gazetasi muharririning o‘rinbosari sifatida ishlayotgan paytida Davlat Nazar paxtaga oid yig‘ilishni yoritmoqchi bo‘lgani uchun hibsga olindi.

Qo‘shko‘pir tuman hokimligining paxta bo‘yicha yig‘ilishini videotasvirga olayotgan paytda olib ketilgan Davlat Nazarni sud mayda bezorilikda ayblab, 7 sutkaga qamadi.

O‘sha paytda jurnalist Davlat Nazar militsiya xodimlari uni kaltaklab, majburan iqrornoma yozdirib olishgani haqida gapirgandi.

Хоразмлик журналист: Милиция ходимлари мени калтаклаб, мажбуран иқрорнома ёздиришди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:04:52 0:00

Ruhiy kasalxonadagi bloger ishi bo‘yicha kassatsiya arizasi topshirildi

26 sentabrdan buyon ruhiy kasalxonada qolayotgan Shabnam (Nafosat) Olloshukurova masalasi ham 12 noyabr kungi matbuot anjumanida ko‘tarildi.

Ruhiy kasalxonaga yotqizilgan blogerni borib ko‘rgan Ombudsman avval e’lon qilgan o‘z xulosasini tadbir davomida qayta o‘qib eshittirgan.

Anjumanda qatnashgan Olloshukurovaning advokati blogerning ruhiy kasalxonaga tashlanishi haqida chiqarilgan sud qaroriga kassatsiya arizasi topshirganini bildirdi.

Uning aytishicha, ariza jurnalist Davlat Nazar o‘lgan kuni - 6 noyabrda sudga topshirilgan.

Amnesty International xalqaro inson huquqlari tashkiloti sentabr oyi oxiridan beri majburiy ravishda asab-ruhiy kasalliklar dispanserida saqlanayotgan o‘zbekistonlik bloger Nafosat Olloshukurovaning ozod qilinishi uchun kampaniya boshladi.

Shabnam Olloshukurova taxallusini olgan Nafosat so‘nggi yillarda Facebook’dagi o‘z sahifasi orqali O‘zbekistonda ayollar huquqlarining buzilishi yuzasidan monitoring olib borgan.

Ollashukurova sentabr oyi oxirida shoir va jurnalist Mahmud Rajabning “Toshkentga yurishi”ni yoritgani ortidan 10 kunlik qamoqqa tashlangan. Qamoqqa tashlanganidan uch kun o‘tib, 26 sentabr kuni 32 yashar bloger Nafosat Olloshukurova Urganch tumanida joylashgan Xorazm viloyat asab-ruhiy kasalliklar dispanseriga ëtqizilgan.

Ozodlik 21 oktabr kuni qo‘lga kiritgan sud qarorida ta’kidlanishicha, mahkama hay’ati Olloshukurovaning ochlik e’lon qilganini “uning ruhiy holati buzilishi” deb topgan va shu sababga ko‘ra uni majburan ruhiy kasalliklar dispanseriga joylashtirgan.

Nafosat Olloshukurovaning uch yoshga to‘lgan ikki egizak farzandi bor. Hozirda bolalarga Toshkentda blogerning onasi qarayapti.

Руҳий касалхонага ташланган блогернинг 3 яшар эгизаклари туғилган кунини йиғлаб ўтказди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:06:39 0:00

Алоқадор

XS
SM
MD
LG