Линклар

Шошилинч хабар
26 ноябр 2024, Тошкент вақти: 16:41

Surxondaryodagi kasalxonada elektr yo‘qligi sabab bemorlarga qo‘lda nafas berilyapti (VIDEO)


Illyustrativ surat: Angorda sun’iy nafas olish qurilmasiga ulangan bemorlarga shifokorlar yoki qarindoshlari qurilmani qo‘li bilan siqib, kislorod berishga majbur bo‘lmoqda.​
Illyustrativ surat: Angorda sun’iy nafas olish qurilmasiga ulangan bemorlarga shifokorlar yoki qarindoshlari qurilmani qo‘li bilan siqib, kislorod berishga majbur bo‘lmoqda.​

Surxondaryoning Angor tuman markaziy kasalxonasida elektr ta’minotidagi uzilishlar sabab, sun’iy nafas olish qurilmasi ishlamay qolmoqda, natijada shifokorlar yoki qarindoshlari qurilmani qo‘li bilan siqib, bemorlarga kislorod berishga majbur bo‘lmoqda.​

Bemorlar qarindoshlaridan olingan bu ma’lumotni shifoxona vrachlari tasdiqladi.

Kasalxona reanimatsiya bo‘limida operatsiya qilingan 46 yoshli bemor Davlat Gapparovning ukasi Erkin Gapparov 2 yanvar kuni Ozodlikka Angor tumani kasalxonasida elektr yo‘qligi sabab bemorlar o‘lim xavfi ostida qolayotganini aytdi:

Kechasi bilan tonggacha elektr surunkali o‘chishi, dvijok ishlamasligi sabab kislorod uskunasi ishlamay qolib, akamning o‘lishiga bir baxya qolgandi.


- Akam mustaqil nafas ololmaganligi uchun sun’iy nafas olish apparatiga ulab qo‘yilgan edi. Kechasi bilan tonggacha elektr surunkali o‘chishi, dvijok ishlamasligi sabab kislorod uskunasi ishlamay qolib, akamning o‘lishiga bir baxya qolgandi. Shifokorlar ertalabgacha qo‘lda nafas berib turishdi. Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov issiqina uyida mazza qilib yotgan bir vaqtda, akam reanimatsiyada tibbiyot sohasining moddiy-texnik kamchiliklari sabab o‘lim bilan kurashdi.

Ангор касалхонасида свет йўқ
Илтимос кутинг
Киритиш (Embed)

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:17 0:00

Angor tuman kasalxonasida svet surunkali o‘chib turishini u yerda yotgan boshqa bemor ham Ozodlikka tasdiqladi.

- Svet yo‘q, xonalar covuq. Bizku chidaymiz, lekin og‘ir bemorlarga qiyin bo‘lyapti. Mayli, uyimizga svet bermasin, hech bo‘lmasa kasalxonaga bersa bo‘ladiku,?!- dedi ismi ochiqlanmasligini istagan bemor.

Ozodlik bu holatga izoh olish maqsadida Angor tuman markaziy shifoxonasi bilan bog‘landi.

Ovozi efirga berilmaslik sharti bilan gapirgan kasalxona shifokorlaridan biri ular bu vaziyatdan chiqishning ilojini qilishayotganini aytdi:

- Elektrsizlikdan biz ham qiynalyapmiz. Dvijok bor, lekin uning quvvati hamma joyga yetmaydi-da. Shunga qaramay bemorlarga qo‘limizdan kelganicha yordam ko‘rsatyapmiz, hozirgacha baxtsiz holat bo‘lgani yo‘q.

O‘zbekistonda kasalxonalarga maxsus tortilgan elektr tarmoqlari bo‘lishi kerak.

Lekin tarmoqda uzilish bo‘layotgani haqidagi shikoyatlar yuzasidan Ozodlik Angor tumani kasalxonasi rahbariyatidan ham tuman Sog‘liqni saqlash bo‘limidan ham izoh ololmadi.

O‘zbekistonda qish mavsumida elektr va gaz yo‘qligi ayrim kasalxonalarni tang ahvolda qoldirgani haqida Ozodlik avval ham xabar bergan edi.

2018 yilning dekabrida Qoraqalpog‘istonning To‘rtko‘l tumanida 59 yashar o‘qituvchi elektri har kuni uzilib turgan kasalxonada 14 kun komada yotib vafot etgani haqda Ozodlik xabar bergan edi.


O‘zbekistonda ko‘p yillardan beri kuzatiladigan energetik bo‘xron bu yilgi qish mavsumida ham aholi noroziligiga sabab bo‘lmoqda.

Noyabrь va dekabrning boshlarida mamlakatning bir qancha viloyatlari tumanlarida aholi gaz va svet yo‘qligiga norozilik bildirib avtomagistral yo‘llarini to‘sib qo‘ygani haqida Ozodlik xabar bergandi.

XS
SM
MD
LG