Линклар

Шошилинч хабар
26 ноябр 2024, Тошкент вақти: 13:53

Ulug‘norlik fermerlar paxta hosili pulini bermayotgan klasterni sudga bermoqchi


Ozodlik O‘zbekistonning ba’zi boshqa viloyatlarda ham klasterga paxta va g‘alla sotgan fermerlar ikki yillik hosil pulini shu paytgacha ololmay sarson bo‘layotgani haqida bundan oldin ham xabar qilgan.
Ozodlik O‘zbekistonning ba’zi boshqa viloyatlarda ham klasterga paxta va g‘alla sotgan fermerlar ikki yillik hosil pulini shu paytgacha ololmay sarson bo‘layotgani haqida bundan oldin ham xabar qilgan.

Andijonning Ulug‘nor tumanidagi "Vodiy sanoat faxri" MChJ​klaster korxonasiga paxta sotgan o‘nlab fermer xo‘jaligi 2019 yilgi hosil pulini ololmay sarson bo‘lmoqda.

10 yanvarda Ozodlik bilan suhbatda bo‘lgan fermerlar, agar oy oxirigacha "Vodiy sanoat faxri" hosil pulini to‘lamasa, klaster shirkatni sudga berishlarini aytishdi.

Paxtani fermerlardan shartnoma asosida sotib olgan "Vodiy sanoat faxri" klaster korxonasi rahbari muovini "yangi yil bayrami sabab to‘lov kechikkan"ini aytdi va oy oxirigacha fermerlar puli to‘lanishini va’da qildi.​

Andijonning Ulug‘nor tumanidagi yagona klaster "Vodiy sanoat faxri" MChJ​ga 2019 yil hosilidan 165.5​ tonna paxta sotgan "Sobitxon ota" fermer xo‘jaligi raisi Elyor Hakimovning ​10 yanvarda Ozodlikka aytishicha, paxtani tolaga aylantirib sotishga mo‘ljallangan "Vodiy sanoat faxri" klaster korxonasi shartnoma bo‘yicha fermerlarga 753 million 515 ming 200 so‘m pulni 31 dekabrgacha to‘lashi kerak edi.​

Ammo, fermerning aytishicha, 10 yanvar xolatiga ko‘ra, klaster fermer xo‘jaligiga pulni to‘lamagan.

Qo‘shimcha qiymat solig‘ini chiqarib yuborganda 165.5​ tonna paxta kilosini 3770 so‘mdan sotganmiz. Pulni hali to‘lamagan.

- Qo‘shimcha qiymat solig‘ini chiqarib yuborganda 165.5​ tonna paxta kilosini 3770 so‘mdan sotganmiz. Pulni hali to‘lamagan. Shartnoma bo‘yicha 31 dekabrgacha to‘lab berishi kerak edi. Hali hisobimizga bir so‘m ham o‘tmadi. 20 foizlik qo‘shimcha qiymat solig‘ini biz ham 31 dekabrgacha to‘lashimiz kerak, to‘lamaganimiz uchun kuniga ustiga 4 foiz penya minib yotibdi. Bundan tashqari "Vodiy sanoat faxri" davlat tomonidan ajratilgan imtiyozli kireditni ham to‘liq ishlab bermagani sababli hosilni yetishtirish uchun o‘z yonimdan 80 million so‘m mablag‘ sarflaganman, ishchilarga oylik berolmayapman, - dedi Elyor Hakimov​.

Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:55 0:00
Бевосита линк


Ozodlik Ulug‘nor tumanidagi yana uch fermer bilan suhbatlashdi.

Ular ham klasterdan hosil pulini ololmay, sarson bo‘layotganliklarini aytishdi.

350 million so‘mlik qarzi bor. Agar oyni ohirigacha bermasa sudga berib 4 foizlik peniyasi bilan undirib olamiz.

- 350 million so‘mlik qarzi bor.Agar oyning oxirigacha bermasa sudga berib 4 foizlik penyasi bilan undirib olamiz, deb turibmiz. Chunki imzolangan shartnomada agar vaqtida to‘lamasa 4 foiz penya bilan to‘laydi, degan bandi bor. Bugun majlisda klasterga shu haqda aytdik, oyning oxirigacha to‘lab beraman, deb va’da berdi, ko‘ramiz, - dedi Ulug‘nor tumanidagi fermer xo‘jaligining ismi ochiqlanmasligini istagan rahbari.

"Vodiy sanoat faxri" MChJning ismi ochiqlanmasligini istagan rahbarlaridan biri yangi yil bayramlari bo‘lib pul kechikkanini aytib, shu oy oxirigacha pulni to‘lashni va’da qildi.

- Hozir ayna shu masalani majlisda muhokama qilyapmiz. Bayramlar bo‘lib ozgina kechikish bo‘ldi, oyning oxirigacha to‘lab beramiz, muammo yo‘q, - dedi , - "Vodiy sanoat faxri" MChJ rahbarlaridan biri.

O‘zbekistonda paxta va g‘allachilik bilan shug‘ullanadigan fermerlarni klaster korxonalariga birlashtirish ikki yil avval boshlangan edi.

Ozodlik O‘zbekistonning ba’zi boshqa viloyatlarda ham klasterga paxta va g‘alla sotgan fermerlar ikki yillik hosil pulini shu paytgacha ololmay sarson bo‘layotgani haqida bundan oldin ham xabar qilgan.

Jumladan Samarqandning Oqdaryo tumanidagi klaster korxonasi fermerlarning 7 mlrd so‘m paxta pulini to‘lamayapti.

Toshkent viloyatining Oqqo‘rg‘on tumanida esa qariyb 300 nafar fermer “AVS Oqqo‘rg‘on Agroklaster” bilan shartnoma imzolaganiga ikki yildan oshganiga qaramay ular klasterga topshirgan hosil pulini olmagan:

“Bu klaster emas, balo bo‘ldi. 2018 yil paxta pulini, 2019 yil g‘alla va paxta pulini hali ham olganimiz yo‘q. Ikki yil davomida klasterning uchta rahbari o‘zgardi. Ilgari har yili 31 dekabrgacha pulimizni to‘liq olardik. Klasterga o‘tganimizdan so‘ng, nasiyaga ishlayapmiz”, - deb aytgandi oqqo‘rg‘onlik fermer.

Ozodlikka muntazam xabar yo‘llayotgan o‘zbekistonlik fermerlar¸ klaster tizimi joriy qilinishi ortidan o‘zlarining yaxshi ishlov berilgan erlari hokimiyatga yaqin shaxs va guruhlarga noqonuniy ravishda olib berilganidan shikoyat qilishgan.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy qilgan klaster tizimi haqidagi taxliliy maqolani bu yerda o‘qing.

XS
SM
MD
LG