Линклар

Шошилинч хабар
26 ноябр 2024, Тошкент вақти: 09:26

“Korxonamiz gazdan uzilgach, 5 kishi ishsiz o‘tiribmiz”


Surxondaryo viloyati Uzun tumanidagi “SALMONI FORS” xususiy korxonasi rahbari Murodbek Abdurashidov OzodMikrofonga murojaat qilib, korxonasi tabiiy gazdan uzib qo‘yilgani sabab to‘xtab qolganidan shikoyat qildi.

Maishiy qog‘oz ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadigan “SALMONI FORS” korxonasi 16 dekabrdan buyon ishlamayapti.

Korxona rahbari Murodbek Abdurashidovning OzodMikrofonga aytishicha, korxonasi bir oy avval tabiiy gazdan uzib qo‘yilgani oqibatida 5 kishi ishsiz o‘tiribdi:

“Prezidentimizning qator qaror-qonunlariga tayangan holda maishiy qog‘oz ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yganmiz va 5 kishi doimiy ish bilan ta’minlanmoqda. Lekin 2019 yilning 16 dekabrida ishlab chiqarish korxonamizni tabiiy gaz tarmog‘idan uzishdi va hozirgi kunga qadar 5 kishi ishsiz o‘tiribdi. Kredit va soliq to‘lovlari, ijara muammosidan qiynalmoqdamiz. Faoliyatimni davom ettirish uchun tabiiy gazga ulanishda amaliy yordam so‘rab, tuman hokimi, uning o‘rinbosarlari, tuman prokuroriga hamda tuman va viloyatdagi xalq qabulxonalariga murojaat qildim. Lekin tuman rahbarlari ham, viloyat rahbarlari ham javob berishni xohlamayapti. Korxonamizni “kafolatlanmaganlar ro‘yxati”ga qo‘shishganmish. Nima sababdan unaqa ro‘yxatdaman, u ro‘yxatga kim kirgizgan? Mutasaddilarning javobi yo‘q bunga. Shu paytgacha qishda biror marta gazdan uzishmagan. Tuman gaz idorasiga yangi rahbar bo‘lgach, uzishdi”.

Tadbirkor Murodbek Abdurashidov bilan suhbatni quyida to‘liq tinglashingiz mumkin:

Тадбиркор Муродбек Абдурашидов билан суҳбат
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:05:38 0:00
Бевосита линк

Muhtaram mushtariy, agar sizni tashvishga solayotgan muammolar bo‘lsa, shuningdek, o‘zingiz guvohi bo‘layotgan voqea-hodisalar borasida Ozodlikka xabar bermoqchi bo‘lsangiz¸ bizga qo‘ng‘iroq qiling.

SMS va qo‘ng‘iroqlaringizni +420 724 971 539 va +420 724 740 755 raqamiga yo‘llang.

OzodMikrofon sizga muntazir!

OzodMikrofon rukni ostida berilayotgan fikr va mulohazalar oddiy o‘zbekistonliklarning shaxsiy ko‘z qarashlari ifodasi va bu mulohazalar uchun Ozodlik tahririyati mas’ul emas!

XS
SM
MD
LG