Линклар

Шошилинч хабар
19 ноябр 2024, Тошкент вақти: 02:55

Pompeo O‘zbekistonga safari davomida Xitoydagi koronavirus muammosiga to‘xtaldi


AQSh Davlat kotibi Mayk Pompeo. Toshkent, 2020, 3 fevral.
AQSh Davlat kotibi Mayk Pompeo. Toshkent, 2020, 3 fevral.

Qo‘shma Shtatlar Xitoyning yangi koronavirus tarqalgan Hubey viloyatidan AQSh vatandoshlarini uyga qaytarish uchun “yana bir necha reys”ni rejalashtirmoqda, dedi AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo. Ayni chog‘da Xitoy hukumati tarqalayotgan ushbu kasallikka chalingan kishilarni davolash uchun 10 kunda yangi shifoxonani qurib bitirganini e’lon qildi.

‒ Biz vatandoshlarimizni boshqa mamlakatlardan ham qaytarishimiz mumkin, ‒ dedi Pompeo O‘zbekistonga safari chog‘idagi brifingda. ‒ Bundan tashqari, ayrim tibbiy preparatlarni ham olib kelishimiz mumkin.

Shu bilan birga, Markaziy Xitoydagi kasallik larzaga solgan Uhan shahrida 10 kunda qurib bitirilgan 1000 o‘rinli kasalxonaga 3 fevralda ilk bemorlar yotqizildi. Koronavirus shu paytgacha 362 kishining o‘limiga sabab bo‘ldi hamda Xitoy va boshqa mamlakatlarda 17 300 kishiga yuqdi.

Huoshenshan shifoxonasi va 1500 o‘rinli ikkinchi ob’ekt joriy haftada ochilishi kerak, uni barpo etish uchun quruvchilar kechayu kunduz tinmay mehnat qilmoqda.

Ilk marta dekabrda ro‘yxatga olingan Hubey viloyatida va o‘sha yerda paydo bo‘lgani gumon qilinayotgan koronavirusni yuqtirgani aniqlanganlar soni 11 177 kishiga yetdi.

Xitoydan tashqari yana 24 mamlakatda ushbu patogen virusni yuqtirganlik holatlari aniqlandi.

Hubey viloyati tashqi dunyodan uzilib qolgan: yo‘llar berk, jamoat transporti qatnamayapti.

3 fevralda Xitoyning Hubey viloyatidan boshqa joyi – sharqiy port shahri Venjou karantin choralarini joriy qilgan ilk shahri bo‘ldi.

9 millionlik nufusga ega shahar Uhandan 700 km olisda – Xitoyning sharqiy sohilida joylashgan.

Ayni damda 2 fevral kuni Filippinda virus yuqtirgan kishining o‘lgani xabar qilindi. Asli uhanlik bo‘lgan 44 yashar erkak ushbu mamlakatga kelishidan oldin virusni yuqtirgan ko‘rinadi.

Rossiya, Buyuk Britaniya va Shvetsiya vatandoshlari virus yuqtirganini xabar qilgan so‘nggi mamlakatlardir. Shu paytgacha 20 dan oshiq mamlakatda virus yuqtirgan kishilar qayd etilgan edi.

Qo‘shma Shtatlar va Avstraliya Xitoy vatandoshlarining yoki so‘nggi ikki haftada Xitoyga borgan kishilarning mamlakatga kirishini, vaqtinchalik bo‘lsa-da, qat’iy cheklayotgan mamlakatlar safiga qo‘shildi.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti virusni yuqtirgan kishilar soni ortib borishini, chunki shubha ostiga olingan minglab kishilar hali tekshiruvdan o‘tmaganini ma’lum qildi.

Virusning Xitoy iqtisodiyotiga salbiy ta’siri “yuqori bo‘ladi, ammo bu uzoq cho‘zilmaydi”, dedi ma’lumotlar tahlili bilan shug‘ullanadigan Oxford Economics kompaniyasi vakili 3 fevralda.

U yerdagi tahlilchilar dunyoning ikkinchi iqtisodiyoti joriy yilda “oldingi 6 foizlik bashoratlardan farqli o‘laroq”, 5,4 foiz o‘sishini aytmoqda.

Алоқадор

XS
SM
MD
LG