Линклар

Шошилинч хабар
26 ноябр 2024, Тошкент вақти: 11:58

Namanganda tug‘ilgan egizaklarga Ziroatxon, Saida va Shahnoza ismlari qo‘yildi


Chortoq tumani hokimining birinchi muovini Akmaljon Umrzoqov va tuman hokimining o‘rinbosari – xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Adiba Asraqulovalar egizaklar tug‘ilgan xonadonda. Surat Chortoq tuman hokimligi rasmiy saytidan olindi.
Chortoq tumani hokimining birinchi muovini Akmaljon Umrzoqov va tuman hokimining o‘rinbosari – xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Adiba Asraqulovalar egizaklar tug‘ilgan xonadonda. Surat Chortoq tuman hokimligi rasmiy saytidan olindi.

Namanganning Chortoq tuman, "Navbahor" mahallasida yashovchi Ahmadjon Qodirov va Odinaxon Altimeshovalar oilasida yanvar oyida tug‘ilgan uch egizakka Ziroatxon, Saida va Shahnoza deb ism qo‘yildi.

Egizaklarning otasi ularga ushbu ismlarni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning rafiqasi va qizlari sharafiga qo‘yganini tuman hokimligi rasmiylariga aytgan.

Ahmadjon Qodirov va Odinaxon Altimeshovalar oilasida egizaklar tug‘ilishidan oldin ham uch qiz bo‘lib, endi ular birato‘la olti farzandning ota-onasiga aylanishdi.

To‘ng‘ich qiz – Madinabonu Abdulxafizova 5-sinf, ikkinchisi – Mushtariy 2-sinf o‘quvchisi. Uchinchisi – Muslima 6 yoshda.

To‘ng‘ich qiz – Madinabonu Abdulxafizova 5-sinf, ikkinchisi – Mushtariy 2-sinf o‘quvchisi. Uchinchisi – Muslima 6 yoshda.
To‘ng‘ich qiz – Madinabonu Abdulxafizova 5-sinf, ikkinchisi – Mushtariy 2-sinf o‘quvchisi. Uchinchisi – Muslima 6 yoshda.

Chortoq tumani hokimining birinchi muovini Akmaljon Umrzoqov 5 fevral kuni Ozodlik bilan suhbatda uch egizak tug‘ilgan xonadonni ziyorat qilgani, bolalar aravachasi va chaqaloqlar uchun zarur bo‘lgan boshqa buyumlarni yetkazganini aytdi.

- Mahalla fuqarolar yig‘ini raisi va faollari bizda uchta egizak tug‘ildi, deyishdi. Undan oldin ham ularning uch qizi bo‘lib, bular birvarakayiga olti qizning ota-onalariga aylanishgan ekan-da. Shuning uchun hokimimizning tashabbuslari bilan xonadonga o‘zlarimiz borib, chaqaloqlarga homiylar tomonidan berilgan sovg‘alarni topshirdik, - dedi Umrzoqov.

Ozodlik egizaklarning ota-onasi bilan bog‘lana olmadi.

Chortoq tumani hokimligi rasmiy saytida ma’lum qilinishicha Odinaxon Altimeshova asli Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanidan.

U 2006 yil noyabrda Chortoqqa kelin bo‘lib tushgan.

Turmush o‘rtog‘i Adhamjon Qodirov usta. U imoratsozlik bilan shug‘ullanadi.​

O‘zbekistonda tug‘ilgan egizaklarga prezidentlarning ismlarini qo‘yish va buning evaziga prezident nomidan sovg‘a olish an’anaga aylangan.

O‘zbekiston prezidenti bugdan oldin o‘z ismi berilgan egizak chaqaloqlarga Cobalt mashinalarini ham sovg‘a qilgan.

Ammo, hozir prezident ismlari berilgan egizaklarga mashina berish to‘xtatilgan.

Akmaljon Umrzoqov uch egizak ko‘rgan oilaga sovg‘alar ular o‘z farzandlariga prezident rafiqasi va qizlari ismlarini qo‘ygani uchun berilmaganini aytdi:

- Bu oila Cobalt olish yoki sovg‘alar olish uchun bu ismlarini qo‘ymagan, chin ko‘ngildan shu ismlarni qo‘ygan ekan-da. Ismni tanlash ota-onaning o‘ziga bog‘liq. Bu yerda falonchining ismi qo‘yildi, davay sovg‘a berish kerak, degan gap bo‘layotgani yo‘q. Tuman hokimimizning shunday tashabbusi borki, har bir chaqaloq, ularga qanday ism qo‘yilishidan qat’i nazar e’tibordan chetda qolmasin. Masalan, o‘tgan yili ham bizda uchta chaqaloq tug‘ilgan edi, ularga boshqacha ismlar qo‘yilgan, ularga ham sovg‘alar berganmiz. Yangi yilning oltinchi soniyasida tug‘ilgan chaqaloqlarga ham sovg‘alar berdik va bundan buyon ham beramiz, - dedi Chortoq tumani hokimining birinchi muovini Akmaljon Umrzoqov.

O‘zbekistonning avvalgi prezidenti Islom Karimov ismi berilgan chaqaloqlarning ota-onalari ham sovg‘alar bilan saylangandi.

Islom Karimov prezident bo‘lgan davrlarda uch egizak tug‘ib¸ ularga Islom, Karim, Abdug‘ani ismlari qo‘ygan oilalarga beshik, kolyaska, bola puli berilgan.

2013 yilda birvarakayiga to‘rt o‘g‘il ko‘rgan toshkentlik Gulshan Haydarova chaqaloqlariga Hasan, Husan, Islom va Karim deb ism qo‘yganidan so‘ng o‘ziga uch xonali kvartira berishganini Ozodlikka bildirgan edi.

Ammo, Islom Karimov 2016 yilda olamdan o‘tib o‘rniga yangi prezident kelishi ortidan Gulshan Haydarova Hasan, Husan, Islom va Karim deb ism qo‘ygan bolalariga alohida yordam ko‘rsatish to‘xtab qolganini aytgandi:

​- Prezidentimiz qazo qilganlaridan keyin bola puli tugadi, yordamlari tugadi, lekin rahmat, hozircha bog‘chalari tekin, - degandi Ozodlik muxbiri gaplashgan Gulshan Haydarova 2017 yilda.

O‘zbekistonda hozirgi va avvalgi prezidentlar rafiqalari va qizlari sharafiga ism qo‘yilishi ilk holat emas.

2019 yilning may oyida Farg‘ona shahrida yashovchi Islomjon va Diloromxon Isroilovlar oilasida tug‘ilgan uch egizakka Shavkatjon, Ziroatxon va Saidaxon deb ism qo‘yilgandi.

Ularga prezident nomidan Cobalt mashinasi sovg‘a qilingandi.

XS
SM
MD
LG