Линклар

Шошилинч хабар
26 ноябр 2024, Тошкент вақти: 09:16

Hokim fermerga nima ekib, nima yig‘ishni aytmaydigan zamon keldimi?


O‘zbekistonda paxta va g‘alla uchun davlat rejasi va davlat buyurtmasi tizimidan 2020 yildayoq voz kechiladi. Hokimlar esa paxta masalasi bilan shug‘ullanmaydi. Bu haqda qishloq xo‘jaligi vaziri Jamshid Xo‘jayev Xalqaro press-klubda o‘tkazilgan anjumanda ma’lum qildi.

Hokim fermerga nima ekib nima yig‘ishni aytmaydigan zamon keldimi?

Bu savol javobini oddiy fermer va ekspertlar ishtirok etgan Qurultoy eshittirishida muhokama qildik.

Vazir Jamshid Xo‘jayev ishtirokidagi tadbir qatnashchisi¸ jurnalist va xalqaro Cotton Campaign faoli Sharifa Madrahimovaga ko‘ra¸ paxta va g‘alla uchun davlat rejasi bekor qilingani yangi yilning eng muxim voqeasidir.

Xorazm viloyat, Qo‘shko‘pir tuman sobiq hokimi va uzoq yillar yuqori davlat lavozimlarida ishlagan iqtisodchi O‘rinboy Abdullayev davlat tavsiyasi yoki maslahati bilan ekin ekish bozor iqtisodi va qishloq xo‘jaligi tajribalariga zid holat, deb hisoblashini bildirdi.

Yana bir sobiq mulozim Mirza Anvar Husainov nazarida davlat buyurtmasi tizimidan voz kechilishi “inqilobiy voqeadir”:

- O‘zbekistondagi qashshoqlik va tanazzulga mamlakat qishloq xo‘jaligida zarur islohotlarning o‘tkazilmagani ham asosiy sabablardan biri bo‘lib kelgan.

Қурултой эшиттириши
Илтимос кутинг
Киритиш (Embed)

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:45:43 0:00
Бевосита линк


O‘zbekiston prezidenti 4 fevral kuni o‘tkazilgan qishloq xo‘jaligida klasterlar faoliyatini yanada rivojlantirish masalalari bo‘yicha yig‘ilishda paxta va g‘allaga davlat rejasini bosqichma-bosqich bekor qilish ko‘zda tutilgani haqida gapirdi.

XS
SM
MD
LG