Линклар

Шошилинч хабар
26 ноябр 2024, Тошкент вақти: 06:31

Karantinga olinganlar sharoit yomonligidan norozilik bildiryapti (VIDEO)


Chirchiqdagi oromgohda bir xonaga 5 kishidan joylashtirilgan
Chirchiqdagi oromgohda bir xonaga 5 kishidan joylashtirilgan

Xorijdan olib kelinib, karantinda saqlanayotganlar sharoit yomonligidan shikoyat qilmoqda.

Ozodlikka murojaat qilganlar xonalar sovuqligi, cho‘milish va ovqatlanish xonalarining sanitariya gigiyena holatlari yomonligidan norozilik bildirdi.

Moskvadan uchib kelgach, Chirchiqdagi bolalar oromgohiga joylashtirilgan o‘zbekistonliklar sharoit yomonligi bois, u yerda qolishni istamayotganliklarini aytdi.

Dubaydan kelganlar esa, Qibray sanatoriysidagi ahvolning "rasvo"ligidan nolidi.

Chirchiq oromgohidagi vaziyat

18 mart kuni Moskvadan charter reys bilan olib kelinganlar Chirchiqdagi bolalar oromgohiga joylashtirildi.

Ozodlikka bog‘langanlar u yerdagi sharoitning yomonligidan norozilik bildirdi:

"Bugun Moskvadan uchib kelganlarni Chirchiqqa olib ketishdi, "Sokol" degan bolalar lageriga. U yerda telefon aloqasi juda yomon ekan, hech qanday sharoit yaratilmagan, o‘lguday sovuq. Xonalarning devorlari juda yupqa, juda sovuq", deb yozdi ismi oshkor qilinmayotgan mushtariy.

Uning yozishicha, lager 200 dan ortiq odamni qabul qilishga hozirlik ko‘rmagan - natijada, bir xonaga 5 kishidan joylashtirishgan.

"Gigiyenik vositalar ham yetarli emas. 1 kichik xonaga 5 kishidan yotqizishdi. Karantin shumi? Hojatxona hamma uchun, ya’ni erkaklar ham, ayollar ham, bolalar ham bitta hojatxonadan foydalanadi. Cho‘milish joyi ham xuddi shunday, hamma bitta joyda cho‘milishi kerak. Xonalar sovuq, elektr va isitish moslamalari hammasi qo‘lbola", deb shikoyat qildi Chirchiqqa joylashtirilganlardan biri.

Ozodlikka kelgan videolarda karantindagilarning norozilik bildirayotgani aks etgan.

Jumladan, videoda karantinga joylangan yigit u yerda qolishni istamay, ketishni xohlagani va uni to‘qmoq bilan qurollangan bir guruh formalilar qaytarganini ko‘rish mumkin.

Videoda formalilar "hokim kelib, muammolarni hal qilib beradi" deb va’da qilayotgani ham aks etgan.

Карантиндагилар шароит ёмонлигидан милиция билан жанжаллашди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:07:56 0:00

Bolalar lagerida xonalar kichik, yotoqlar ham kichik. Moskvadan qaytarilgan muhojirlar orasida esa yosh bolalilar, keksalar va ayollar ko‘pligi aytilmoqda.

Bu yo‘lovchilar ichida Podrobno.uz nashri muxbiri ham bo‘lgan. Muxbir o‘zi ko‘rgan va guvohi bo‘lgan manzarani maqola qilib yozdi.

Muxbir o‘z maqolasini "Xaos va dezorganizatsiya. Xorijdan qaytgan o‘zbekistonliklarga karantinda zarur sharoitlarni yaratib bera olishmadi" deb sarlavha qo‘ydi.

Yozishicha, lager ma’muriyati ham muxbirning savollariga aniq javob berolmagan.

18 mart tushdan keyin Toshkent viloyati hokimligi "Sokol" oromgohida karantinda saqlanayotgan fuqarolarning muammolarini eng qisqa vaqt ichida hal etishga va’da berdi:

"Vazirlar Mahkamasi va Sog‘liqni saqlash vazirligining boshqaruv xodimlari allaqachon muammoni hal etish uchun jo‘nab ketishdi.
Bundan tashqari, "Sokol" oromgohida Toshkent viloyati hokimi va Bo‘stonliq tumani hokimlari faoliyat ko‘rsatmoqda . Yaqin vaqt ichida odamlar karantin uchun yanada qulay sharoitlarga joylashtiriladi va koronavirus infeksiyasini aniqlash uchun tezkor testlarni amalga oshiradi".

Qibray sanatoriysidagi ahvol

18 mart kuni Dubaydan olib kelinganlar Toshkent viloyatidagi Qibray sanatoriysiga joylashtirilgan.

"Biz bugun Dubaydan uchib keldik. Karantin deb, tashlab ketishdi. Xo‘p, dedik, lekin sharoit umuman yomon ahvolda. Odamlar norozi. Qorni och. Eski buxonka non bilan sasiska berdi, urushganimizdan keyin. Bizga kim yordam beradi? Karantinga javob bermaydigan joyga tashlab ketishdi", deydi Qibray sanatoriysiga joylanganlardan biri.

Қибрай санаторийсидаги аҳвол
Илтимос кутинг
Киритиш (Embed)

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:38 0:00

Namangandagi vaziyat

Latviya va Erondan olib kelingan bir guruh kishi Namangandagi "Kosonsoy" sihatgohiga 14 kunlik karantinga joylashtirildi.

Namangan viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi Axborot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, tegishli dizenfeksiyalash ishlaridan so‘ng, yo‘lovchilar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan.

"Karantinga olingan hamyurtlarimizning salomatligi qat’iy nazoratga olingan, – deydi “Kosonsoy” sanatoriysi faoliyati va holati bo‘yicha mas’ul Tohirjon Turdiyev. – Tegishli shifokorlar guruhi ish olib bormoqda. Dori-darmon va dizinfeksiyalash vositalari zahirasi yaratilgan. Karantindagilar vaqtlarini ko‘ngilli o‘tkazishlari uchun sport jihozlari mavjud. Savdo xizmati ham yo‘lga qo‘yilgan. Sihatgoh oshxonasida 3 mahal issiq ovqat berilyapti", deyiladi boshqarma xabarida.

Maqola mavzuga oid tafsilotlar bilan kun davomida yangilab boriladi.

XS
SM
MD
LG