Линклар

Шошилинч хабар
18 ноябр 2024, Тошкент вақти: 16:40

COVID-19 infeksiyasiga oid 5 savolga 5 javob


COVID-19 infeksiyasining qanday alomatlari bor?

COVID-19 infeksiyasining eng ko‘p tarqalgan alomatlari tana haroratining ko‘tarilishi, charchoq va quruq yo‘taldir. Ayrim bemorlarda og‘riqning har xil turlari, burun bitishi, tumov, faringit (tomoq shilliq pardasi yallig‘lanishi) va ich ketishi paydo bo‘lishi mumkin.

Odatda ushbu alomatlar unchalik aniq ko‘zga tashlanmaydi va asta-sekin kuchayib boradi. Ayrim infeksiya yuqtirgan kishilar o‘zini yomon his qilmaydi va ularda hech bir alomat ko‘zga tashlanmaydi. Aksariyat kishilar (80 foizga yaqin) mustaqil ravishda tuzalib ketadi va alohida davolanishga muhtoj bo‘lmaydi. COVID-19 infeksiyasini yuqtirgan har olti kishining birida kasallik og‘ir ko‘rinishda kechadi va nafas olish qiyinlashib qoladi.

Kasallik keksalar, qon bosimi bor, yurak yoki qand kasalligi bilan og‘riyotgan bemorlarda og‘ir kechish ehtimoli yuqori. Tana harorati ko‘tarilganda, yo‘tal tutganda va nafas olish qiyinlashganda, shifokorga murojaat qilish zarur.

COVID-19 ni oddiy grippdan qanday ajratish mumkin?

COVID-19 alomatlari oddiy shamollashnikidan farq qilmaydi, virus turi laboratoriya tekshiruvi yordamida aniqlanadi.

Farzandimga COVID-19 yuqish ehtimoli qanday?

Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, bolalarning COVID-19 infeksiyasini yuqtirib olish ehtimoli katta yoshlilarniki bilan bir xil. Garchi ayrim bolalar va chaqaloqlar COVID-19 bilan kasallangan bo‘lsa-da, bugungi kunda katta yoshlilarning uni yuqtirish holatlari ko‘proqdir.

COVID-19 alomatlari bolalar va katta yoshlilarda o‘zaro farq qiladimi?

Yo‘q. COVID-19 infeksiyasi alomatlari bolalarda ham, katta yoshlilarda ham bir xil. Biroq COVID-19 virusini yuqtirib olgan bolalarda kasallik yengilroq ko‘rinishda kechadi. Bolalarda tana harorati ko‘tarilishi, yo‘tal va tumov singari shamollash alomatlari ko‘zga tashlanishi, yana qusish va ich ketish ehtimoli ham bo‘lishi xabar qilinmoqda. Kasalligi bo‘lgan yoki alohida tibbiy ehtiyoji bor bolalarga xavf yuqoriligi yoki yuqori emasligi hozircha ma’lum emas.

COVID-19 yuqishi xavotirlanish uchun asos bo‘ladimi?

Odatda, COVID-19 infeksiyasi qo‘zg‘aydigan kasallik, ayniqsa, bolalar va yoshlarda yengil ko‘rinishda kechadi. Shunga qaramasdan, kasallik og‘ir kechishi, taxminan, har 5 bemordan biriga kasalxonaga yotish talab etilishi mumkin. Shuning uchun COVID-19 virusining keng tarqalishi sabab odam o‘zi va qarindoshlari uchun xavotirga tushishi tabiiy.

Tahririyatdan: Ushbu ma’lumot BMTning COVID-19 infeksiyasi tarqalishiga bag‘ishlangan vebsaytidan olindi:

https://www.un.org/en/coronavirus/covid-19-faqs

Алоқадор

XS
SM
MD
LG