Линклар

Шошилинч хабар
18 ноябр 2024, Тошкент вақти: 13:36

“Gey” deya haqoratlangan parodistlar Yulduz Usmonovani sudga berish uchun hujjat yig‘moqda


Mahalliy saytlardan birining sarlavhasi
Mahalliy saytlardan birining sarlavhasi

O‘zbekistonda ayol xonandalarga taqlid qilib tomosha ko‘rsatadigan ikki taniqli parodist Rustamxo‘ja Usmonov va Bobur parodistlar O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonovani “tuhmat” va haqorat” qilishda ayblab¸ fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga ariza berishni boshlangan.

Bu haqda 31 mart kuni 31 yashar parodist Rustamxo‘ja Usmonovning ma’muri Ozodlikka bildirdi.

Bundan oldin har ikkala parodistning onasi Youtube portali orqali Yulduz Usmonovaga murojaat qilib, o‘g‘illari sha’nini himoya qilish uchun Toshkent shahar prokuraturasiga ariza yozishganini bildirgan edi.

20 mart kuni O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova mahalliy blogerga suhbat berayotib, bu ikkala san’atkorni “gey”¸ “hezalak”¸ “koronavirus” deb atagan va bundaylarni “yo‘qotib yuborish kerak” deb tahdid qilgan edi.

“..Qarasam anavi gey bolalar Yulduz Umonovani (boshini sarak-sarak qiladi) Ey juvonmarg bo‘l! Asosiy koronavirus sizlarning o‘zingiz. O‘lmas koronavirus. Ularnng davosi ham yo‘qda. Men aytmoqchi bo‘lganim¸ yo‘qotinglar o‘shani. Hezalaklar ashula aytishni yig‘ishtiringlar. Hezalakmisan¸ borib hezalakligingni qil. Nima qilasan ashula aytib¸ Yulduz Usmonovani yoqib. (fonogramma qo‘yib degan ma’noda -tahr) Kechaginda videoni ko‘rib qoldim. Bittasi Mavluda Asalxo‘jayeva bo‘lib olibdi. Bittasi Yulduz Usmonova (boshini xam qilib¸ yuzini qo‘li bilan bekitib kuladi) Uyatda endi. Yo‘qotish kerak. Kelinglar endi bu dunyodan shu hezalaklarni yo‘qotaylik¸ o‘zimizning jamiyatdan. Ularni pooshchryat qilib xi-xi qilib kulib¸ qo‘liga pul beryapmiz. Sizniyam bolangiz bor. Bolangiz ham shunaqa bo‘lib qolmasin yana. Ularning ustidan kuladigan kasal emas bu. Yigit yigitligicha qolsin¸ qiz qizligicha. Qolganlar o‘zi biladi. Lekin birovni birov qilishga (taqlid qilishga) haqqi yo‘q. Agar qo‘limga perchatka kiyib¸ ularga qarshi urush ochsam hezalaklarga yomon bo‘ladi. (barmog‘ini bigiz qiladi) Yig‘ishtir. Yig‘ishtir xonu-moningni quritib yuboraman.

Bu video internetning o‘zbekcha segmentidagi barcha tarmoqlarda tarqalgani ortidan¸ tahdid va haqoratga nishon bo‘lgan har ikkala parodistning onasi 29 mart kuni Youtube portali orqali javob videosini chiqardi.

Tasvirda o‘zini "Bobur parodistning onasi" deb aytgan ayol rus tilida Yulduz Usmonovani ogohlantiradi.

Yulduz ikkala qulog‘ing bilan eshitib ol. Men Boburning onasiman. (qo‘lidagi bir dasta qog‘ozni ko‘rsatadi) Men uzoq yillar sud maslahatchisi va deputat bo‘lganman. Sizni sudga berish uchun ariza yozishga advokat kerak emas menga. Mana hujjatlar. Men qonun nomi bilan sizdan so‘rayman. Mening o‘g‘lim Boburni yoki uning hamkasbi Rustamni gey debsiz. Buni isbotlay olasizmi? Siz mening¸ erimning tinchini buzdingiz va o‘g‘limga tuhmat qildingiz. Uni haqorat qildingiz. Men barcha instansiyalarga borib shikoyat qilaman. Meni va o‘g‘limni konstitutsiya himoya qiladi. Men dushanba kuni( 30 mart) sizning ustingizdan yozilgan shikoyatni sudga olib borib¸ qayd qildiraman. Ikkala qulog‘ing bilan eshit. Nazorat qilinishi yuzasidan esa¸ albatta¸ shahar prokuraturaga qo‘shimcha shikoyat yozaman. Yulduz siz qonun oldida javob berasiz. Mening o‘g‘lim gey emas¸ mening o‘g‘lim koronavirus emas va hezalak ham emas.

Shundan keyin videotasvirda Bobur parodistninng onasi yonida o‘tirgan va o‘zini Rustamxo‘ja Usmonovning onasi deb atagan ayol ham so‘z olib¸ Yulduz Usmonovani sudga berishini aytadi.

30 mart kuni har ikkala parodist Youtube kanalida chiqish qilib, “tahdid va haqoratdan ularni konstitutsiyaga asoslangan adliya tizimi himoya” qilishi zarurligini urg‘uladi.

Ozodlik Yulduz Usmonovaning ma’muri Sherzod Hakimovga telefon qilib¸ undan borayotgan bu tortishuvga izoh ola olmadi.

O‘zbekiston Madaniyat vazirligining sohaga mas’ul mulozimi Ozodlik bilan suhbatda “san’atkorning odob doirasidan chiqishi bilan bog‘liq har qanday holat jiddiy muhokama qilinishini” aytish bilan chegaralandi.

O‘zbekiston erkaklar o‘rtasidagi konsensual jinsiy aloqalar hanuz jinoiy javobgarlikka tortiladigan dunyodagi kam sonli mamlakatlardan biridir.

O‘zbekistondagi LGBT jamoasi mamlakatda geylarga nafrat hukumat va jamiyat tarafidan birday parvarishlaniishini aytib keladi.

Ayol kiyimini kiygan erkak sahnada

Rustamxo‘ja Usmonov 2006 yildan beri ayol kiyimini kiyib to‘y va konsertlarda Yulduz Usmonovaga taqlid qilish bilan shug‘ullanib keladi.

Rustamxo‘ja Usmonov Yulduz Usmonova qiyofasida
Rustamxo‘ja Usmonov Yulduz Usmonova qiyofasida

Bobur parodist esa 2010 yildan beri Mavluda Asalxo‘jayeva¸ Feruza Jumaniyozovaga o‘xshab kiyinib¸ bu ayol qo‘shiqchilarga taqlid qilib keladi.

Bundan oldin marhum akter Shuxrat Nuraliyev ham ayollarga taqlid qilib¸ konsert nomerlari ijro qilib kelgan.

Bobur parodist Feruza Jumaniyozova qiyofasida
Bobur parodist Feruza Jumaniyozova qiyofasida

Xorazm viloyatida esa ikki erkak ijrochining “kampir” kiyimida ijro qilinadigan sketchlari ham xalq orasida urf bo‘lgan.

Taniqli o‘zbek aktyorlari Yodgor Sa’diyev¸ Erkin Komilov¸ Po‘lat Saidqosimiov¸ Mirhosil Oripovlar o‘tgan asrning 80-yillarida mashhur bo‘lgan “Kelinlar qo‘zg‘oloni” spektaklida ayol rolini ijro qilib¸ tomoshabinlar olqishini olgan edi.

Dunyo san’ati tarixida erkaklarning ayol kiyimini kiyib rol o‘ynab¸ shuhrat qozonganiga oid misollar ko‘p uchraydi.

Masalan¸ britaniyalik komik Benni Xill (1922-1992) ayol qiyofasida ijro qilgan sketchlar favqullodda shuhrat qozongan edi.

Rejissyor va prodyuser Billi Uaylder tarafidan 1959 yili suratga olingan “Jazda faqat qizlar” (ingl. Some Like It Hot) filmi o‘z davri uchun rekord summa - 25 million dollar foyda keltirgan edi.

Filmda erkak muzikantlarning ayol qiyofasiga kirib¸ shuhrat topgani hikoya qilinadi.

XS
SM
MD
LG