Линклар

Шошилинч хабар
25 ноябр 2024, Тошкент вақти: 10:15

G‘aniyev SES xodimlariga aholi uylaridagi go‘ngni yig‘ishni buyurdi. Seschilar norozi


Seschilar yiqqan go‘ng dalaga tashlanmoqda.
Seschilar yiqqan go‘ng dalaga tashlanmoqda.

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati (SES) xodimlari mamlakat bo‘ylab uyma-uy yurib, aholi xonadonlaridagi go‘ngni yig‘ishga majburlanayotganliklari haqida Ozodlikka shikoyat qildi.

SESchilarga ko‘ra, Bosh vazir o‘rinbosari Shuhrat G‘aniyev topshirig‘i bilan bir haftadirki, ular xonadonlardan go‘ng yig‘ish bilan mashg‘ul bo‘lyapti.

Ozodlik suhbatlashgan mulozimlar G‘aniyevning bu topshirig‘i og‘zaki bo‘lgani va seschilardan go‘ng yig‘ish bo‘yicha foto-hisobot talab qilinayotganini yashirmadi.

Respublika Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati mulozimi esa o‘z xodimlarining go‘ng yig‘ishga jalb qilinganini inkor qilish bilan cheklandi.

Majlisda yozilgan audio: Seschilar go‘ng yig‘sin!

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining Toshkent viloyati bo‘limi xodimlari Ozodlikka murojaat qilib, go‘ng yig‘ishga jalb qilinganliklariga norozilik bildirdi.

“Toshkent viloyati hokim o‘rinbosari Uzoqov o‘tkazgan majlisda xonadonlardan go‘ng mahalliy o‘g‘itini olib chiqishni Sog‘liqni saqlash tizimidagi Sanitariya-epidemiologik xizmatiga yukladi. Koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq qaltis bir vaziyatda SESga go‘ng olib chiqishni yuklashi qanchalik to‘g‘ri?”, deyiladi seschilar maktubida.

SES xodimlari so‘zlariga isbot tarzida viloyat hokimligida bir hafta avval o‘tgan yig‘ilish payti yozib olingan audio nusxasini Ozodlikka taqdim qilishdi.

СЭС ходимларига гўнг йиғиш топширилган мажлис
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:04:52 0:00
Бевосита линк

“Xonadonlarga kirib SES xodimlari axlatning hammasini ko‘chaning yuziga olib chiqinglar... Ko‘chadan fermerlar yig‘ishtirib ketadi... Fermer uyiga kirib ololmaydi uni. Uyning egasi o‘zi yig‘ishtirib bersa, ko‘chaning yuzidan fermer olib ketishi mumkin. Axlat- molning tagidagi chiqindisi… SES mana shu narsaga javob beradi. Tumanda qancha SES xodimi bor? Dostatochno kuch bor demoqchiman”,- deydi yig‘ilishni olib borayotgan shaxs.

Shu payt o‘zini Parkent SES bo‘limidan deb tanishtirgan erkak “Biz bu ishga chiqsak, pandemiya bilan kim shug‘ullanadi? Koronavirus bilan kim shug‘ullanadi?”, deya savol tashlaydi.

Bunga javob bergan mulozim SES xodimlari go‘ng yig‘ish uchun xonadonlarga kirgan payti aholi bilan koronavirus borasida ham suhbat o‘tkazishi mumkinligini ta’kidlaydi.

SESchilarga ko‘ra, audiodagi ovoz Toshkent viloyati hokimi o‘rinbosari Ulug‘bek Uzoqovnikidir.

18 - fevral kuni Ozodlik Ulug‘bek Uzoqov bilan bog‘lana olmadi. Hokimlik xodimlaridan biri audiodagi ovoz egasi Uzoqov ekanini tasdiqladi.

Seschilar yiqqan go‘ng mashinaga ortilmoqda.
Seschilar yiqqan go‘ng mashinaga ortilmoqda.

Go‘ng yig‘ayotgan seschilar

Ozodlik muxbiri Toshkent viloyati tumanlaridagi bir nechta SES bo‘limlari bilan bog‘lanib, ular bir haftadan buyon go‘ng yig‘ish bilan shug‘ullanayotganini aniqladi.

“Har bir tumanda 4-5 seschi go‘ng yig‘ish bilan band. Xonadonlardan go‘ng chiqaryapmiz. Masalan, qaysi xonadonda go‘ng bo‘ladigan bo‘lsa, shuni aniqlayapmiz. Kamdan kam odam rozi bo‘lyapti uyidagi go‘ngni berishga. Hozir O‘zbekistonda go‘ng tillaga teng. Odamlar go‘ngni o‘zining tomorqasi uchun ishlatyapti. Biz “go‘ngni olib chiqasan”, deb to‘polon qilganimiz bilan ham foydasi yo‘q. Yalinamiz, iltimos qilamiz. Agar odamlar ortiqchasi bor deydigan bo‘lsa, olib ketaversin desa, fermer olib ketaveradi. A tak biz hech kimni majburlay olmaymiz”,- dedi Toshkent viloyatidagi tumanlardan birining SES xodimi.

Ozodlikka ushbu SES xodimi va boshqa suhbatdoshlarning shaxsi ma’lum. Biroq ularning ishdan haydalish xavfi borligi sabab ismlar oshkor qilinmayapti.

“Butun dunyo pandemiyaga qarshi kurashayotgan bir paytda o‘zbek seschilari go‘ng yig‘ish bilan shug‘ullanayapti. Bunaqa absurd holat hech qayerda bo‘lmasa kerak”,- deydi yana bir seschi.

Boshqa bir SES xodimi go‘ng yig‘ish borasida hokimlikka kunlik hisobot berilayotganini aytdi:

“Shuhrat G‘aniyev go‘ng yig‘ish bo‘yicha bir haftalik muddat bergandi. Har bir tuman kuniga o‘rtacha 400-500 tonna go‘ng yig‘yapti. Har bir tumanda go‘ng yig‘ish bo‘yicha shtab tashkil qilingan. Biz har kuni yig‘ilgan go‘nglarni rasmga olib hisobot beramiz”.

Seschilar yiqqan go‘ng dalaga to‘kilmoqda
Seschilar yiqqan go‘ng dalaga to‘kilmoqda

Rasmiy inkor va norasmiy tasdiq

Respublika Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining matbuot bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i Muhammadjon Bozorov Ozodlik bilan suhbatda tashkilot xodimlarining go‘ng yig‘ishga jalb qilinganini qa’tiy ravishda inkor qildi.

Ayni paytda Ozodlikning Respublika Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatidagi manbasi seschilarning go‘ng yig‘ishga jalb qilinishi nafaqat Toshkent viloyatida balki butun mamlakat bo‘ylab davom etayotganini aytdi:

“Lekin hech kim Ozodlikka buni rasman tan olib aytmaydi. Aytsa ishdan ketishi aniq. Shuning uchun inkor qilib qutilib qo‘ya qolishadi”.

SESning Ruspublika bo‘limida ishlovchi yana bir manba go‘ng yig‘ish topshirig‘i Bosh vazir o‘rinbosari Shuhrat G‘aniyev tomonidan berilganini aytdi:

“SES xodimlarining go‘ng yig‘ishi hamma viloyatda bo‘lyapti. Bu Shuhrat G‘aniyevning topshirig‘i. Og‘zaki topshiriq bu, biror hujjat yo‘q. Tuman hokimliklari va viloyat SESida shu bo‘yicha shtab bor. Kundalik reja bor. Go‘ng to‘plangan joy surati shtabga yuboriladi. Har kuni selektorda dolojit qilinadi. Har hafta G‘aniyev vertolyotda aylanib, go‘ng yig‘ilgan joylarni kuzatadi”.

Ozodlik suhbatlashgan Xorazm, Sirdaryo va Qashqadaryodagi SES xodimlari ham go‘ng yig‘ishga jalb qilinganlarini tasdiqlashdi.

Molxonadagi go‘ng.
Molxonadagi go‘ng.

Seschilarni go‘ng yig‘ishga jalb qilgan jazolanishi kerak?

Prezident Mirziyoyevning 2020 - yil 12 - noyabrdagi 6110-sonli farmoniga ko‘ra, tibbiyot xodimlarining biror qo‘shimcha ishga jalb qilinishi taqiqlangan:

“Tibbiyot xodimlarini xizmat majburiyati bilan bog‘liq bo‘lmagan barcha turdagi ishlarga jalb qilish va tibbiyot xodimlarini ularning kasbiy faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan yig‘ilishlar va boshqa tadbirlarga jalb qilish, ularning bosma nashrlarga majburan obuna bo‘lishini tashkil etish taqiqlanadi”.

Farmon ijrosini nazorat qilish Bosh prokuror N. Yo‘ldoshevga yuklatilgan bo‘lib, hujjatda belgilangan talablar buzilgan taqdirda mas’ul mulozimlar javobgarlikka tortilishi ko‘rsatilgan.

Shu paytgacha seschilarni go‘ng tashitgani uchun biror mulozimning javobgarlikka tortilgani Ozodlikka ma’lum emas.

Samarqand viloyatidagi go‘ng ortilgan traktorlar.
Samarqand viloyatidagi go‘ng ortilgan traktorlar.

Go‘ng yig‘dirayotgan G‘aniyev

Prezident Shavkat Mirziyoyev 22 - yanvar kuni Buxoroga safari chog‘ida Bosh vazir o‘rinbosari Shuhrat G‘aniyevni ishdan bo‘shatish haqida ogohlantirishi ortidan G‘aniyev viloyatda qolib, qishloq xo‘jaligida prezident aytgan “tizimni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish”ga kirishdi.

Buxorolik fermerlarning aytishlaricha, Shuhrat G‘aniyevning topshirig‘i bilan hokimlar zudlik bilan dalaga mahalliy o‘g‘it chiqarishni buyurgan.

Peshko‘ tumani hokimi Telegram kanalida Shuhrat G‘aniyev vertolyotdan dalalarga go‘ng sepilayotganini shaxsan nazorat qilishini aytgan.

XS
SM
MD
LG