Линклар

Шошилинч хабар
25 ноябр 2024, Тошкент вақти: 19:54

Bloger: “Mahalla va hokimliklar bizga intervyu bergan odamlarga bosim o‘tkazmoqda”


"Ezgulik" jamiyati faoli, bloger Odil Elmurod tanqidiy chiqishlari bilan tanilgan.
"Ezgulik" jamiyati faoli, bloger Odil Elmurod tanqidiy chiqishlari bilan tanilgan.

Qashqadaryolik bloger, “Ezgulik” inson huquqlari jamiyati faoli Odil Elmurodning OzodMikrofonga arz qilishicha, viloyatda blogerlarning ishini qora qilib ko‘rsatish kampaniyasi boshlangan.

Блогер: “Маҳалла ва ҳокимликлар блогерга интервью берган одамларга босим ўтказмоқда”
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:05:58 0:00
Бевосита линк

Blogerning so‘zlariga ko‘ra, ularga muammolar haqida intervyu bergan odamlarga mahalla fuqarolar yig‘ini raislari orqali “O‘zbekistonni sharmanda qilgani uchun” turli xil bosimlar o‘tkazilmoqda.

“Men ham inson huquqlari himoyachisi, ham bloger sifatida xalqning orasida ko‘p yuraman. Ijtimoiy ahvoli og‘ir, boquvchisini yo‘qotgan yoki kasalligi tufayli himoya va yordamga muhtoj oilalar bilan suhbalashib, videoga olib ularni Internetga chiqaraman. Bu voqealar oshkor bo‘lganidan so‘ng mahalla faollari va raislari borib, o‘sha oilalarga yordam berish o‘rniga “bizlarni Yakkaboqqa, O‘zbekistonga, butun dunyoga sharmanda qilding deb, bosim o‘tkazmoqda”.

Odil Elmurod u bilan suhbatlashgan oilalarga bo‘layotgan bosimlar haqida konkret misollar keltiradi:

“Mana, yaqinda Shuliqirg‘iz besh nafar bolasi bor oilaning ijtimoiy ahvoli og‘ir ekanligini yoritgan edik, u kishi bizga murojaat qilib, mahalladan odamlar kelib tazyiq o‘tkazib ketishganini aytdi. Keyin Uvat degan qishloqdan bolalari bilan KamAZga tosh ortib kun ko‘rayotgan oila haqida yozgan edim, mahalla va hokimlikdan borishib, agar Odil Elmurodga qarshi intervyu bermasangiz bolalaringizga tosh orttirganingiz uchun javobgarlikka tortamiz deb qo‘rqitib, bolalarning otasidan intervyu olishgan.

Bunday holatlar juda ko‘p bo‘lyapti. Hozir biz bu muammolarni yoritish haqida ikkilanib qolyapmiz. Bir tomondan prezidentimiz muammolarni qo‘rqmasdan yozinglar, ortlaringda men turibman dedi, boshqa tomondan esa mahalliy rasmiylar tanqidiy xabarlarga tobora toqatsiz bo‘lib, blogerlarning ovozini o‘chirish uchun turli tadbirlarni qo‘llashmoqda. Men olgan xabarlarga ko‘ra, blogerlarni obro‘sizlantirish, ularga qarshi harakat tepasida Qashqadaryo viloyat hokimining o‘rinbosari, mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i Dolli Avlayev turibdi. Men bu mulozimning iste’foga ketishini talab qilaman!”

****************************************************************

Muhtaram mushtariy, agar sizni tashvishga solayotgan muammolar bo‘lsa, shuningdek, o‘zingiz guvohi bo‘layotgan voqea-hodisalar borasida Ozodlikka xabar bermoqchi bo‘lsangiz¸ bizga qo‘ng‘iroq qiling.

SMS va qo‘ng‘iroqlaringizni +420 724 971 539 va +420 724 740 755 raqamiga yo‘llang.

OzodMikrofon sizga muntazir!

OzodMikrofon rukni ostida berilayotgan fikr va mulohazalar oddiy o‘zbekistonliklarning shaxsiy ko‘z qarashlari ifodasi va bu mulohazalar uchun Ozodlik tahririyati mas’ul emas!

XS
SM
MD
LG