Линклар

Шошилинч хабар
05 феврал 2025, Тошкент вақти: 20:56

G‘ayrat Do‘stov ishi va Mirziyoyevning "Yangi O‘zbekiston"i haqida savollar


G‘ayrat Do‘stov, 23-dekabr, 2024-yil. Video skrinshoti.
G‘ayrat Do‘stov, 23-dekabr, 2024-yil. Video skrinshoti.

Britaniyada chop etiladigan The Economist nashri O‘zbekistondagi gaz taqchilligidan norozilik bildirishi ortidan qamoqqa tashlangan G‘ayrat Do‘stov ishi haqida maqola chop etdi.

Nashr o‘zgacha fikrlilarning qamalishi O‘zbekistonda yangi holat emasligi, ammo yoqilg‘i yetishmovchiligi sabab o‘z noroziligini oshkora bildirgan oddiy haydovchining qamalishi ortidan yuzaga kelgan ommaviy norozilik noodatiy bo‘lganiga e’tibor qaratgan.

G‘ayrat Do‘stov o‘tgan yili poytaxt Toshkentdagi yoqilg‘i quyish shoxobchasida turib, noroziligini g‘azab bilan ifoda qilgan videosi tarqalgandi. U haydovchilik orqasidan tirikchilik qilar va mashinasini yoqilg‘iga to‘ldirish uchun uzoq navbat kutgandi, ammo yoqilg‘i tugab qoldi. U bor xasratini to‘kib soldi, yedirilib, titilib ketgan krossovkalarini yechib, kameraga ko‘rsatdi. Do‘stov yashayotgan mamlakat dunyoning eng yirik 20 ta gaz ishlab chiqaruvchilari qatoriga kirsa-da, har qish yoqilg‘i tanqisligiga duch keladigan ko‘plab o‘zbeklarning noroziligini ifodalagan edi u, deydi maqola muallifi.

Бошига қоп кийдирилган ва ертўлада сақланган Ғайрат Дўстов суди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:08:00 0:00

Bu 2016-yilda mustabid salafi Islom Karimov vafotidan so‘ng prezidentlik lavozimiga kelgan Shavkat Mirziyoyevning shiori “Yangi O‘zbekiston” qurish edi. Mirziyoyev inson huquqlari va erkinliklarini hurmat qiladigan, xalqparvar mamlakatni barpo etish uchun bir qator liberal islohotlarni boshladi. U ilgari surgan kun tartibiga bozor va huquqiy islohotlar, davlatning iqtisodiyot tarmoqlaridan chekinishi va so‘z erkinligi kafolatlari kiritilgandi. "So‘z erkinligi, fuqarolar erkinligi va qonun ustuvorligi ta’minlangan demokratik davlatda gapirish huquqiga ega emasmanmi?" deb so‘ragandi Do‘stov.

Afsuski, bunday emas ekan. Sud janob Do‘stovni bezorilikda ayblab, 15 kun muddatga qamoqqa hukm qildi, bu esa vatandoshlari g‘azabini qo‘zg‘adi: u "millionlab vatandoshlarining fikrini aytgandi," deb yozdi ulardan biri internetda. Ijtimoiy tarmoqlarda bir mem tarqaldi: unda bir mahbus kamera panjaralarini ushlab turibdi, oyoqlariga yonilg‘i idishi shaklidagi to‘p bog‘langan. Ko‘tarilgan shovqin tufayli Do‘stov yangi yil bayramini qamoqda o‘tkazib, apellyatsiya shikoyati asosida muddatidan oldin ozod qilindi. Shunga qaramay, uning qamoqqa olinishi "jamoatchilikning davlatga bo‘lgan ishonchiga katta zarar yetkazdi," deydi ijtimoiy tarmoqlarda keng auditoriyaga ega advokat Xushnudbek Xudoyberdiyev.

Do‘stovning qisqa muddat qamoqqa olinganidan ommaviy norozilik kutilmagan holat edi, deydi maqola muallifi. Janob Mirziyoyev tomonidan 2021-yilda tasdiqlangan, prezidentni tanqid qilishni jinoyat deb belgilaydigan va besh yilgacha qamoq jazosi nazarda tutilgan qonun asosida o‘nlab odamlar qamoqqa olindi.

O‘tgan yili bir ayol Mirziyoyev haqida shaxsiy ovozli xabarlarida aytgan gapi uchun qamoqqa olingan edi. Bunday holatlar Karimovning temir musht boshqaruvini eslatadi, deb yozdi “The Economist”. Human Rights Watch tashkiloti ta’kidlashicha, bu "Prezident Mirziyoyevning islohotlarga oid va’dalarini masxara qilishdir".

O‘zgacha fikrlovchilarning holatlari va ularga nisbatan munosabat kamdan-kam hollarda jamoatchilikni g‘azablantiradi. Aksincha, Do‘stovning qamoqqa olinishi o‘zbek ijtimoiy tarmoqlarini larzaga keltirdi. Bu uning taniqli bo‘lmaganiga qaramay emas, balki aynan shu sababli yuz berdi. U ziyoli, taniqli emas, balki oddiy o‘zbek fuqarosi, kambag‘al ishchi xalqning kundalik tashvishlarini ifoda etuvchi qiyofasida gavdalandi. Uning qamoqqa olinishi, tanqidchilar ko‘targan muammolarni hal qilish o‘rniga ularni jim qilishni afzal ko‘radigan hukumatning odatiy zo‘ravon munosabati sifatida qabul qilindi. Ko‘pchilik o‘zbekistonliklar tanqidga toqat qila olmaydigan davlat Do‘stovdan qasos olgan, deb hisoblaydi.

Энергобўҳрон: Ўзбекистонда норозиликнинг янги юзи - қамоқдаги Ғайрат Дўстов
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:22:43 0:00

Uning qamoqqa olinishiga bo‘lgan norozilik sakkiz yildan ortiq vaqt davomida "Yangi O‘zbekiston" haqida gapirib, ammo uni ishonchli tarzda yarata olmagan prezident va uning islohotlar dasturidan umidlar ushalmaganidan dalolat beradi, deydi maqola muallifi.

Mirziyoyev o‘zbekistonliklarga erkin ifoda huquqini va’da qilgan edi. Endi ular panjaralar ortiga tashlanmasdan ham bu huquqdan foydalana olishni kutishmoqda, deb yozadi The Economist.

XS
SM
MD
LG