Линклар

Шошилинч хабар
25 ноябр 2024, Тошкент вақти: 10:19

Jo Bayden AQSh prezidenti lavozimiga kirishish uchun Vashingtonga keldi


Kapitoliy binosi oldida "Bayroqlar hiyoboni" tashkil etildi. Bu bayroqlar Baydenning qasamyod marosimida ishtirok eta olmaydigan va koronavirusdan vafot etgan 200 ming kishini anglatadi.
Kapitoliy binosi oldida "Bayroqlar hiyoboni" tashkil etildi. Bu bayroqlar Baydenning qasamyod marosimida ishtirok eta olmaydigan va koronavirusdan vafot etgan 200 ming kishini anglatadi.

Saylangan prezident Jo Bayden 19 - yanvar kuni kechqurun Delaver shtatidagi saylovchilari bilan xayrlashib, Vashingtonga uchib keldi. Baydenni qasamyodga keltirish marosimi 20 - yanvar kuni peshindan keyin boshlanadi.

Jo Bayden Delaver shtati saylovchilari bilan Milliy gvardiyaning Uchinchi markazida xayrlashdi. Mazkur markazga Baydenning katta o‘g‘li Jozef Bayden nomi berilgan. Jozef Bayden 2007 - yildan 2015 - yilgacha Delaver shtati bosh prokurori bo‘lgan. U tuzalmas kasallik oqibatida vafot etgan.

Baydenning xayrlashuv marosimida shtat gubernatori Jon Kerni ham ishtirok etdi.

Xayrlashuvdan so‘ng Bayden oilasi Delaverdagi Nyu-Kastl aeroporti orqali Merilenddagi “Endryus” harbiy bazasiga uchdi. Mazkur bazadan ular Vashingtongga olib kelinadi. AQShning 46-prezidenti 20 - yanvar kuni qasamyodga keltiriladi.

Inauguratsiya arafasida Bayden va saylangan vitse-prezident Kamala Xarris Vashingtondagi Linkoln memorialida koronavirusdan vafot etganlarni xotirlash marosimini o‘tkazdilar.


Associated Press agentligi hokimiyatni topshirayotgan Donald Tramp inauguratsiyada ishtirok etmasligi haqida yozdi. Baydenning samolyoti “Endryu” harbiy bazasiga qo‘ngan paytda Oq Uy Trampning xayrlashuv videosini e’lon qildi.

Tramp yangi ma’muriyatga muvaffaqiyatlar tiladi. Associated Press Donald Tramp o‘zining 20 daqiqalik nutqida biron marta ham Bayden nomini tilga olmaganiga e’tibor qaratdi.

Jo Baydenni qasamyodga keltirish marosimi Vashingtonda xavfsizlik choralari misli ko‘rilmagan darajada kuchaytirilgan bir vaziyatda bo‘lib o‘tadi. Xavfsizlik choralarining kuchaytirilishiga Tramp tarafdorlari tartibsizliklarni, xatto qurolli qarshiliklarni uyushtirishi mumkinligi to‘g‘risidagi xavotirli ma’lumotlar sabab bo‘ldi.

78 yoshli Bayden AQSh tarixida qasamyodga keltirilgan eng keksa prezident bo‘ladi. So‘nggi 152 yilda birinchi marta hokimiyatni topshirayotgan prezident yangi prezidentning inauguratsiya marosimida ishtirok etishdan bosh tortmoqda.

Ammo marosimda sobiq prezidentlar Jorj Bush, Bill Klinton va Barak Obama ishtirok etadi. 96 yoshli sobiq prezident Jimmi Karter marosimda ishtirok eta olmasligini bildirdi.

Trampning vitse-prezidenti Mayk Pens boshqa respublikachilar qatorida inauguratsiyada ishtirok etishini tasdiqladi.

Jo Bayden bilan birgalikda 20 - yanvar kuni AQSh tarixida birinchi marta Kamala Xarris ayol va oq tanli bo‘lmagan vitse-prezident sifatida qasamyodga keltiriladi.

XS
SM
MD
LG