Линклар

Шошилинч хабар
16 ноябр 2024, Тошкент вақти: 01:38

Prezident kuyoviga aloqador MChJga berilgan 6 gektar yer bo‘yicha sud ajrimi Yangi yilga qoldi


Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevning 2019 - yil 31 - dekabr kungi qarorini bekor qilish so‘ralgan tadbirkorlar arizasini Chilonzor tuman ma’muriy sudi ko‘rib chiqmoqda
Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevning 2019 - yil 31 - dekabr kungi qarorini bekor qilish so‘ralgan tadbirkorlar arizasini Chilonzor tuman ma’muriy sudi ko‘rib chiqmoqda

28 - dekabr kuni Chilonzor tuman ma’muriy sudi Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevning 2019 - yil 31 - dekabrda imzolagan ziddiyatli qarori yuzasidan ajrim chiqarishni 11 - yanvarga qoldirdi.

2020 - yilgi so‘nggi majlisda yana 120 dan oshiq tadbirkor o‘zi ijara shartnomasi asosida faoliyat yurg‘izayotgan obyektlarning Urban Developers MChJga berilishidan norozi ekanini yozma shaklda sudga taqdim etgan va sud’ya bu arizalarni “uchinchi shaxs fikri” sifatida rasman ishga kiritgan.

Yunusoboddagi 6 gektar hududda faoliyat olib borayotgan 6 yirik tadbirkor o‘zi va o‘zi bilan ijara shartnomasi asosida ishlab kelayotgan yuzlab tadbirkor nomidan Toshkent shahar hokimi qarorini bekor qilishni so‘rab avgust oyida birinchi instansiya sudiga murojaat etgandi.

Ozodlik ixtiyoridagi hujjatlarga ko‘ra¸ Urban Developers MChJ turli qobiq shirkatlar orqali prezident Shavkat Mirziyoyevning katta kuyovi Oybek Tursunovga aloqador. Ayni paytda¸ Urban Developers MChJ rahbari (yagona vakili) Ansor Naberayev Ozodlikka yuborgan yozma javobida bu aloqadorlikni qat’iyan rad etgan.

Yana 100 dan oshiq ariza ko‘rib chiqish uchun qabul qilindi

28 - dekabr kungi sud majlisiga¸ sudya so‘roviga muvofiq¸ Jahongir Ortiqxo‘jayev qarori ijro etilgan taqdirda ish va daromad manbaidan ajraydigan yuzlab ijarachi tadbirkor kelmadi.

22 - dekabr kungi sud majlisiga bu qarordan noroziligini bildirish uchun 100 dan oshiq tadbirkor kelgan¸ ammo sud zaliga sig‘magani uchun tashqarida qolgan edi.

Ортиқхўжаев ва президент куëвига боғланган $11.5 миллионлик "совға" устидан шикоят эсингиздами?
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:14 0:00

O‘tgan majlisda hakam Toshev sudga rasman ariza topshirgan 6 nafar yirik tadbirkor bilan ijara shartnomasi asosida ishlayotgan tadbirkorlarning jarayonda bevosita qatnashishiga imkon yo‘qligi (sud zalining kichkina ekani) bois ulardan o‘z fikrini yozma ravishda taqdim etishni so‘ragan.

28 - dekabr kuni sud 120 nafardan ortiq tadbirkor arizasini “uchinchi shaxs fikri” sifatida qabul qilgan.

Ishda yana yuzdan oshiq yozma fikr paydo bo‘lgani ortidan sudya uni ko‘rib chiqishga vaqt kerakligini bildirdi va shuning uchun keyingi majlisni 11 - yanvarga belgiladi. O‘sha kuni sudning so‘nggi majlisi o‘tkazilishi va uning nihoyasida sud qarori o‘qib eshittirilishi kutilmoqda”¸ - dedi 28 - dekabr kungi jarayon ishtirokchilaridan biri.

Hokim 31 - dekabr - rasmiy bayram kuni qaror chiqarishga haqlimi?

Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev poytaxtning Yangi shahar¸ Amir Temir va Ahmad Donish ko‘chalari kesishuvidagi 6 gektarlik gavjum hududni bir oy oldin ro‘yxatga olingan Urban Developers MChJga taqdim etish haqidagi qarorni 2019 - yilning 31 - dekabr kuni chiqargan.

Bu¸shikoyatchi tomon ta’kidicha¸ qarorning qonuniy kuchga emasligiga asos bo‘ladigan jihatlardan biridir.

28 - dekabr kuni shikoyatchilar sudga O‘zbekistonda rasman bayram deb belgilangan kunda chiqarilgan qarorning qonuniy kuchga ega yoki ega emasligi haqidagi savollarga Bandlik va mexnat munosabatlari vazirligi¸ Adliya vazirligi¸ O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi va Prezident Qabulxonasiga qilingan murojaatlarga berilgan javoblarni taqdim qilgan.

Bu javoblarda¸ “Mehnat kodeksining 130-moddasi talabiga ko‘ra dam olish kunlarida ishlatish taqiqlanganligi, ish beruvchining farmoyishi bo‘yicha ayrim xodimlarni dam olish kunlari ishga jalb etishga alohida hollardagina, jamoa shartnomasida, agar u tuzilmagan bo‘lsa, — ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishib belgilangan asoslar bo‘yicha va tartibda yo‘l qo‘yilishligi, dam olish kunlarida bajarilgan ish uchun kompensatsiya va haq to‘lanishi shartliligi ma’lum qilingan”.

Mazkur javoblardan kelib chiqib, shikoyatchilar advokati suddan hokimning 2019 - yil 31 - dekabr - dam olish kuni ishga jalb qilish to‘g‘risidagi ish beruvchining farmoyishi hamda hokimga, u dam olish kuni bajargan ishi uchun ikki hissa miqdorida haq to‘langanligini isbotlovchi xujjatlarni Toshkent shahar hokimligidan talab qilib olishni so‘ragan. Sudya bu so‘rovni qabul qilgan.

“Yangilanayotgan O‘zbekistondagi eng ochiq sud”

Ozodlik gaplashgan arizachilarga ko‘ra¸ 28 - dekabr kungi sud majlisida ular O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil (Biznes-ombudsman) idorasi¸ shuningdek Savdo-sanoat palatasi namoyandalarining jarayonda bevosita qatnashishiga ruxsat so‘ragan.

Bu so‘rovni rasmiylashtirishga ehtiyoj yo‘qligini bildirgan prokuror¸ mazkur jarayonning O‘zbekiston tarixidagi eng ochiq sudlardan biri ekanini ta’kidlagan.

Prokuror¸ “bu sudni Ozodlik yoritib borayotgan bo‘lsa¸ unda istalgan jurnalist yoki bloger qatnashishi mumkin bo‘lsa¸ Biznes-Ombudsman yoki Savdo-sanoat palatasi vakillariga rasmiy ruxsatning keragi yo‘q. Ular istasa¸ bemalol qatnashishi mumkin”¸ -deb javob berdi. Hokim qarorini noqonuniy, deb topishni so‘rayotgan tadbirkorlarning ayrimlari¸ Savdo-sanoat palatasi a’zolari. Umid qilamiz¸ Biznes-Ombudsman va palata rasmiylari keyingi sudga kelib¸ tadbirkorlarni himoya qiladi”¸ - dedi arizachi tadbirkorlardan yana biri.

$11.5 млнлик "совға"- Ортиқхўжаев 100га яқин тадбиркор ерини президент куëвига алоқадор ширкатга текинга берган
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:09:39 0:00

Ozodlik 28 - dekabr kungi sud majlisi¸ unda ko‘rib chiqish uchun qabul qilingan yangi hujjat va arizalar yuzasidan ma’lumot olish maqsadida Urban Developers MChJ rahbari Ansor Naberayevga Telegram messenjeri orqali murojaat qildi.

Urban Developers rahbari sudga oid o‘z yozma izohi Ozodlikka W&C (White&Case xalqaro advokatlik kontorasi nazarda tutilmoqda – tahr.) orqali yuborilganini aytish bilan cheklandi.

Urban Developers MChJ Jahongir Ortiqxo‘jayev Yunusoboddagi 6 gektarlik qimmatbaho hududni unga berishidan atigi bir oy oldin ro‘yxatga olingan.

Uning 97 foiz aksiyalari egasi deb ko‘rsatilgan Odoratus Business LLP 100 funt sterling (taqriban 125 AQSh dollari) bilan Britaniyaning Bristol shahrida registratsiya qilingan.

Ozodlik ixtiyoridagi hujjatlar Urban Developers MChJning turli qobiq shirkatlar orqali Shavkat Mirziyoyevning to‘ng‘ich kuyovi Oybek Tursunovga aloqadorligini ko‘rsatmoqda.

Bu aloqadorlik rasmiy hujjatlar vositasida tasdiqlangan bo‘lsa-da¸ Urban Developers MChJ rahbari va reestr ma’lumotlariga ko‘ra, shirkatning yagona xodimi Ansor Naberayev Ozodlikka yuborgan yozma javobida uni rad qildi.

Алоқадор

XS
SM
MD
LG