Линклар

Шошилинч хабар
24 ноябр 2024, Тошкент вақти: 17:05

Samarqand IIBda gumondor vafot etdi. U bilan birga 3-qavatdan tushib ketgan tergovchi jonlantirish bo‘limida


Samarqand viloyati IIB
Samarqand viloyati IIB

30-avgust kuni Samarqand shahar, Kulollar mahallasida yashagan 28 yashar Temur Zohidov shahar IIBning uchinchi qavatidan "o‘zini tashlab" halok bo‘lgan.

Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, firibgarlikda gumonlangan Temur Zohidov o‘zini derazadan tashlayotgan paytda, uni so‘roq qilayotgan tergovchilardan biri ushlab qolishga harakat qilgan. Ammo gumonlanuvchi tergovchini ham "o‘zi bilan birga pastga tortib ketgan".

Ayni paytda og‘ir jarohat olgan tergovchi kasalxonaning jonlantirish bo‘limida qolmoqda.

Temur Zohidovning o‘limiga olib kelgan hodisa tafsilotlari ma’lum emas. Rasmiylar IIB binosidagi navbatdagi o‘lim haqida sukut saqlamoqda.

Hodisani Ozodlikka Samarqand shahar IIBning o‘zini tanishtirmagan mulozimi tasdiqladi.

Kulollar mahallasi faollaridan birining aytishicha, ushbu mahallada yashagan Temur Zohidov 30-avgust kuni shahar IIBga chaqirilgan.

“Kecha mahallada ko‘rgan edim, yurgan edi. Bugun janozasi bo‘ldi. Yaqinlarining aytishlaricha, kechqurun shahar IIBga olib ketilgan ekan. Uchinchi qavatdan sakrab o‘libdi. Tergovchini ham o‘zi bilan birga tortib ketgan ekan”.

Samarqand shahar IIBning o‘zini tanishtirmagan xodimi Ozodlik bilan suhbatda IIB xodimlari gumonlanuvchiga nisbatan qiynoq qo‘llaganiga oid o‘zida hech qanday ma’lumot yo‘qligini aytdi.

“Kecha uni tergovchilar ko‘rsatma berishga chaqirtirishgan. Lekin aniq nimada gumonlanganini bilmayman. Aytishlaricha, xonada ikki-uch nafar tergovchi bo‘lgan. Bu bola o‘zini derazadan tashlamoqchi bo‘lgan, tergovchilardan biri yugurib borib uni ushlagan, ammo vazni og‘ir yigit bo‘lgani uchun tergovchini ham o‘zi bilan olib tushib ketgan. Gumonlanuvchi boshi bilan yiqilib, o‘sha joyning o‘zida halok bo‘lgan, tergovchi esa og‘ir jarohat olib kasalxonaga yotqizilgan”.

Kulolchi MFY faolidan olingan ma’lumotga ko‘ra, Temur Zohidov to‘rt farzandning otasi bo‘lgan. Bundan avval ham bir yildan ko‘proq qamoq jazosini o‘tab chiqqan. Mahalla faoli uning aynan qaysi ayb bilan ozodlikdan mahrum etilganini aniq bilmasligini aytdi.

Temur Zohidovga nisbatan tergov tafsilotlari ma’lum emas. Ozodlik hozircha u bilan birga uchinchi qavatdan tushib ketgan va hozirda jonlantirish bo‘limida qolayotgan tergovchining shaxsini tasdiqlay olmadi. Ozodlik bog‘langan Samarqand viloyat Ichki ishlar boshqarmasi mulozimi hodisa tafsilotlari haqida "bayramdan keyin" ma’lumot berishini aytdi.

ИИБда ўлган 21 яшар йигитнинг яқинлари Мирзиёевдан адолат кутмоқда
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:09:34 0:00

Shu yilning 29-may kuni Toshkentda giyohvand modda iste’mol qilishda gumonlanib hibsga olingan surxondaryolik 21 yashar Hafizulloh Turg‘unboyev Chilonzor tuman IIB binosining 4-qavatidan tushib vafot etgan edi.

Ichki ishlar vazirligi gumondorning o‘z joniga qasd qilganini aytgan.

Ammo shifokorlar va yaqinlari marhumning badanida qiynoq izlari bo‘lganini aytishgan.

XS
SM
MD
LG