Линклар

Шошилинч хабар
26 март 2025, Тошкент вақти: 07:15

Turkiya: Hibsdagi Imomo‘g‘li prezidentlikka nomzod bo‘ldi. Erdo‘g‘on "xato qildi"mi?


. Istanbuldagi namoyishchilar
. Istanbuldagi namoyishchilar

Turkiyaning muxolifatdagi Respublika xalq partiyasi (Cumhuriyet Halk Partisi, SNR) mamlakat prezidenti lavozimiga nomzod sifatida hibsga olingan va lavozimidan chetlatilgan Istanbul shahar meri Akram Imomo‘g‘lini ko‘rsatdi.

Praymerizda uni 15 millionga yaqin kishi qo‘llab-quvvatladi. Bu ma’lumotni Istanbuldagi miting vaqtida partiya rahbari O‘zgur O‘zel e’lon qildi, shuningdek, bu haqda Imomo‘g‘lining o‘zi ham X ijtimoiy tarmog‘i orqali ma’lum qildi.

"Sizlar bilan Silivri qamoqxonasidan meni juda xursand qilgan xabarni o‘rtoqlashmoqchiman. 15 million fuqaromiz ovoz berib, Erdo‘g‘onga: 'Bas!' dedilar", deyiladi uning xabarnomasida.

Muxolifat partiyasi raisi O‘zgur O‘zel Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘onni muddatidan avval prezidentlik saylovlarini o‘tkazish haqida qaror qabul qilishga va ushbu saylovlarda Akram Imomo‘g‘li bilan bellashishga chaqirdi.

19-mart kuni ertalab Turkiya hukumati Istanbul shahar meri Akram Imomo‘g‘li va uning jamoasi a’zolari — Imomo‘g‘lining maslahatchisi va Medya AŞ rahbari Murat Ongun hamda Imomo‘g‘lining saylovoldi kampaniyasi rahbari Nejati O‘zkanni "foyda olish maqsadida jinoiy tashkilot tuzish" aybi bilan hibsga oldi. Shuningdek, 100 dan ortiq kishini hibsga olish uchun orderlar berilgan.

Turkiya adliya vazirligi jinoyat ishining siyosiy tusga ega ekanini qat’iyan rad etmoqda. Ammo Istanbul meri bu ta’qibni "xalq irodasiga zarba" deb atadi va norozilik namoyishlariga chaqirdi.

Imomo‘g‘lining praymerizdan bir necha kun oldin hibsga olinishi Erdo‘g‘onning raqibini chetlatishga urinish sifatida qabul qilindi. Turkiyaning yirik shaharlarida bir necha kundan beri ommaviy norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tmoqda.

Imomo‘g‘li 2019-yil mart oyidan buyon Istanbul shahar meri lavozimini egallab kelmoqda. Agar Erdo‘g‘on yana bir muddat prezidentlikka nomzodini qo‘ysa, uning asosiy raqibi bo‘lishi mumkin. Turkiya prezidentlik saylovlari 2028'yilda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Эрдўғон ғалабаси ўзбек муҳожирларига нима беради?
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:21:34 0:00

Sharqshunos Ruslan Sulaymonovning Nastoyashcheye vremya telekanaliga bergan intervyusida aytishicha, Imomo‘g‘lining hibsga olinishi Turkiya siyosatini butunlay o‘zgartirib yuboradigan hodisa.

"Imomo‘g‘li iqtidordagi partiya nomzodlarini to‘rt marta mag‘lub qilgan va shaxsan Erdo‘g‘onga mag‘lubiyat yetkazgan yagona siyosatchidir. Men 2019-yildagi Istanbul saylovlarini nazarda tutyapman. O‘shanda Imomo‘g‘liga hokimiyat partiyasi nomzodini ikki marta mag‘lub etishga to‘g‘ri kelgan, chunki hukumat birinchi marta shahar saylovlari natijalarini tan olmagan edi. Ammo Imomo‘g‘li ikkinchi marta ham g‘alaba qozondi va bundan ham katta farq bilan yutib chiqdi".

Tahlilchining fikricha, hozirda voqealar rivojining kamida ehtimoliy ikki ssenariysi mavjud.

"Yo muxolifat va jamoatchilik hukumatga yanada ko‘proq bosim o‘tkazadi va hukumat orqaga chekinib, Imomo‘g‘lini ozod qiladi, uni lavozimida qoldiradi va saylovlarga tayyorgarlik ko‘rishiga hamda qatnashishiga ruxsat beradi. Yoki hukumat oxirigacha boradi: Imomo‘g‘lini qamoqqa tashlab, unga "vaqtinchalik o‘rinbosar" tayinlaydi, ya’ni hukmron partiya vakili shahar meri vazifasini bajaruvchi qilib qo‘yiladi.

Hozir hukumatda bu imkoniyat bor, chunki Imomo‘g‘lini terrorchilar bilan aloqalarda ayblashmoqda. Faqat shu modda bo‘yicha hukmron partiyadan "vaqtinchalik rahbar" tayinlash mumkin".

Ammo Sulaymonovning fikricha, qaysi ssenariy amalga oshmasin, Erdo‘g‘on allaqachon yutqazgan.

"U katta xatoga yo‘l qo‘ydi, chunki u Imomo‘g‘lini yanada mashhur qildi. Qanday bo‘lmasin, Imomog‘li qamoqdan chiqqach, yanada mashhur bo‘ladi. Chunki Turkiya siyosiy madaniyatida o‘z g‘oyalari uchun shahid bo‘lish juda muhim ahamiyatga ega. Qizig‘i shundaki, Erdo‘g‘on ham bu jarayondan o‘tgan: 1998-yilda uni diniy nafrat qo‘zg‘atish aybi bilan qamoqqa olishgandi. Qamoqdan chiqqach u yanada mashhur bo‘ldi va oradan ikki yil o‘tib Turkiya rahbariga aylandi".

Истанбулдаги мэр сайловида мухолифат номзоди ғалаба қозонди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:27 0:00

Ekspertning fikricha, Islom kuchli bo‘lgan ko‘plab postsovet davlatlarida Erdo‘g‘on juda mashhur va ko‘pchilik uning to‘g‘ri harakat qilayotganiga ishonadi, ya’ni Imomo‘g‘liga qarshi kurashish kerak, deb hisoblaydi.

"Bunday kayfiyatlar mavjud. Lekin ko‘pchilik postsovet davlatlari, Boltiqbo‘yi davlatlari va Gruziyani hisobga olmaganda, Turkiyadagi kabi siyosiy raqobatga o‘rganmagan.

Shu sababli, ular uchun muxolifat umuman avtokratga, hokimiyatni o‘z qo‘lida mutlaq saqlashni istagan kishiga qarshi kurasha olishi qiziq. Har holda Turkiya postsovet davlatlaridagidan farqli siyosiy madaniyatga ega. Turkiyada muxolifat bor, siyosiy kurash bor. Muxolifatda vaziyatni o‘zgartirish, o‘zining mashhur merlaridan birini himoya qilish imkoniyati bor".

XS
SM
MD
LG