Линклар

Шошилинч хабар
26 ноябр 2024, Тошкент вақти: 04:48

HRW Markaziy Osiyo bo‘yicha vakolatxonasi Toshkentda ochiladi (VIDEO)


Xalqaro Human Rights Watch tashkilotining Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘limi direktori Xyu Uilyamson hamda tashkilotning Markaziy Osiyo bo‘yicha ofis direktori, tadqiqotchi Stiv Sverdlovlar 5 sentabr kuni Toshkentdagi “Strategiya markazi”da mahalliy nodavlat, notijorat tashkilotlar vakillari bilan uchrashdi.

Xalqaro tashkilot vakillarining O‘zbekistonga 2 sentabrda boshlangan bir haftalik safari davomida Tashqi ishlar, Ichki ishlar vazirliklari, Oliy Majlis, Oliy sud, Bosh prokuratura kabi davlat tashkilotlari hamda fuqarolik jamiyati vakillari, huquq faollari bilan uchrashuvi rejalashtirilgan.

HRW ташкилоти 7 йиллик танаффусдан сўнг Ўзбекистонга қайтди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:25 0:00

Human Rights Watch vakillari O‘zbekiston hukumatining 7 yillik tanaffusdan so‘ng bu tashkilotga yana o‘z eshiklarini ochgani hamda mamlakat ichkarisidagi fuqarolik jamiyati vakillari bilan muloqotga imkoniyat bergani uchun olqishladi.

- Tashkilotimiz dunyo bo‘ylab 90 dan ortiq davlatda ishlaydi. Ammo, mahalliy nodavlat tashkilotlar, fuqarolik jamiyati vakillari bilan ishlash – bizning asosiy ishimizdir. Bundan buyon biz uchun kun tartibida turgan dolzarb masalalar, jumladan, paxta dalalarida majburiy mehnatdan foydalanish – bugun muhokama qilish kerak bo‘lgan masalalardir, dedi Xьyu Uilyamson.

HRW tashkiloti 2011 yilda O‘zbekiston Oliy sudi qarori bilan rasman O‘zbekistondan chiqarib yuborilgan edi.

Uning Toshkentga qaytishi mumkinligi haqida Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov shu yilning 17 iyulida Bryusselda o‘tgan “O‘zbekiston-Yevropa Ittifoqi” hamkorlik kengashi matbuot anjumanida ma’lum qildi.

Chet el tashkiloti vakolatxonasiga Markaziy Osiyo bo‘yicha tadqiqotchi Stiv Sverdlov rahbarlik qiladi va u shu kunlarda Toshkent hukumati mulozimlari juda iliq qarshi olayotgani, barcha masalalarda muhokamaga hozirligini bildirganini aytmoqda:

- Bizni haqiqatda juda iliq va jiddiy qarshi olishyapti. Inson huquqlari bilan bog‘liq juda dolzarb masalalarni muhokama qilyapmiz. Muhokamalarda gap faqat HRWning mamlakatga qaytishi emas, balki, siyosiy mahbuslar, qiynoqlar, majburiy mehnat haqida bormoqda. Bu yerda inson huquqlari ahvolini o‘nglash uchun ko‘p ishlar qilinayotganini biz his qilayapmiz. Biz buni olqishlaymiz va hukumatni shunday qadamlarni davom ettirishga chaqirib qolamiz, dedi Stiv Sverdlov.

Human Rights Watchning Toshkentdagi vakolatxonasi 1996 yilda ochilgan va shundan so‘ng O‘zbekistondagi inson huquqlari bilan bog‘liq vaziyatni kuzatib, tahlil qilib kelgan edi.

2005 yilgi Andijon voqealaridan keyin rasmiy Toshkent avvaliga bu tashkilot vakillariga berilgan akkreditatsiyani uzaytirmagan.

2011 yilda esa Oliy sud qarori bilan tashkilot vakolatxonasini yopgan va butunlay mamlakatdan chiqarib yuborgan edi.

XS
SM
MD
LG