Линклар

Шошилинч хабар
25 ноябр 2024, Тошкент вақти: 20:33

Yongan 52 o‘zbek ishi bo‘yicha qayta boshlangan sudda o‘lganlarning yaqinlari qatnashmoqda (FOTO)


52 kishi yonib ketgan avtobusning haydovchilari: (chapdan o‘ngga) Barat Tanatov, Nurjan Kirgizbaev, Maksat Pernebekov va advokat Xayrullo Alimagambetov, Aqto‘be, 3 sentabr, 2018 .
52 kishi yonib ketgan avtobusning haydovchilari: (chapdan o‘ngga) Barat Tanatov, Nurjan Kirgizbaev, Maksat Pernebekov va advokat Xayrullo Alimagambetov, Aqto‘be, 3 sentabr, 2018 .

Qozog‘istonning Aqto‘be viloyatida 52 o‘zbekistonlik yonib ketgan avtobus haydovchilari ustidan mahkama qayta boshlandi. Joriy yil yanvarida sodir bo‘lgan bu fojea bo‘yicha boshlangan sudda 3 haydovchi va ularni ishga yollagan shirkatning 2 vakili sudlanmoqda. Mahkamada yonib ketgan o‘zbekistonliklarning 11 qarindoshi qatnashmoqda.

Sudlanuvchilar kursisida o‘tirgan avtobus haydovchilari: Barat Tanatov, Nurjan Kirgizbaev va Maksat Pernebekovlar 2018 yilning 26 yanvaridan beri hibsda saqlanmoqda.

Ular yong‘in xavfsizligi qoidalariga amal qilmaganlikda, transport vositasidan foydalanish tartibini buzganlikda, ikki va undan ortiq kishining o‘limiga sabab bo‘lganlikda ayblanmoqda.

Shuningdek, ularni ishga yollagan “Aziya tranzit servis” korxonasi ta’sischisi va mexanigi ham sudga tortilgan. Ismi xabarlarda tilga olinmayotgan shirkat rahbari yuridik shaxs sifatida o‘z xizmat vakolatini to‘liq bajarmaganlik va nosoz transport vositasini foydalanishga topshirish, hujjatlarni soxtalashtirishda ayblanmoqda. Shirkat mexanigi esa nosoz avtobusni qatnovga chiqarishda ayblanmoqda.

Bu ikki kishi Aqto‘beni tark etmaslik haqidagi tilxat asosida ochiqda qolmoqda.

Mahkamada yonib ketgan o‘zbekistonliklarning Farg‘ona viloyati, Toshloq tumanilan borgan 11 qarindoshi qatnashmoqda.

Aqto‘beda yongan 52 o‘zbekistonlikdan ayrimlarining Farg‘onadan sudga borgan 11 qarindoshi
Aqto‘beda yongan 52 o‘zbekistonlikdan ayrimlarining Farg‘onadan sudga borgan 11 qarindoshi

3 sentabr kuni ertalab boshlangan mahkamaning birinchi masjlisida sudya Serik Maxambetov sud majlisining qozoq tilida o‘tishini aytdi. Qurbonlarning Farg‘ona viloyat, Toshloq tumanidan borgan yaqinlari tarjimon so‘radi va sudya talabni qondirdi.

Avtobusda bir o‘g‘li va bir nabirasi ënib ketgan Yulduzxon G‘anieva
Avtobusda bir o‘g‘li va bir nabirasi ënib ketgan Yulduzxon G‘anieva

Hodisada bir o‘g‘li va bir nabirasi - Adham va Avazbek Ma’rufjonovlar yonib ketgan Yulduzxon G‘anieva majlisda Qozog‘istondagi o‘zbekiston elchisi va konsulidan sudda qatnashish, ularning haqlarini himoya qilishni so‘radi.

Ayrim ota-onalarning mahalliy jurnalistlarga aytishicha, ularga marhum yaqinlarining jasadi qoldiqlari va DNK tahlili natijalari ko‘rsatilmagan. Shu bois, ularning aksariyati farzandlari o‘lganiga hanuz ishonolmayotganini aytishmoqda.

Bundan tashqari, sud boshlanishi bilan, avtobus haydovchisi bo‘lgan sudlanuvchi Maksat Pernebekovning opasi - Nurshat Pernebekova hodisada omon qilgan ikki o‘zbekistonlik guvohning majlisda qatnashmayotganidan noroziligini bildirdi, ammo uning noroziligi inobatga olingan-olinmagani haqida hozircha ma’lumot yo‘q.

Shu tariqa, 3 sentabr kungi sud majlisi sudlanuvchilarga ayblovni o‘qib eshittirish bilan yakunlandi. Mahkamaning 4 sentabr kuni davom etishi va bu kuni qurbonlarning yaqinlari tinglanishi aytildi.

Sudning birinchi majlisi 24 iyul kuni o‘tkazilgan edi. Ularga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi esa 9 iyulda sudga oshirilgan.

Shu yilning 18 yanvar kuni Samara-Chimkent avtoyo‘lining Qozog‘istonning Aqto‘be viloyatidan o‘tadigan qismida avtobusda ketayotgan 52 nafar O‘zbekiston fuqarosi tiriklayin yonib ketgan.

Yonayotgan avtobusdan faqat 5 kishi – avtobusning 3 haydovchisi va o‘zbekistonlik 2 yo‘lovchi qochib chiqishga ulgurgan.

Yong‘in sababi olovdan noto‘g‘ri foydalanish, deb belgilangan. Tergovchilar taxminicha, haydovchilar avtobus salonini isitish uchun kavshar lampadan chiqqan.

Bu haqda ​yong‘inda omon qolgan namanganlik Ahror Isakov ham "Darakchi" nashriga aytgan edi. Ahror Isakovga ko‘ra, avtobus juda sovib ketganidan yo‘lovchilar salonni kavshar lampa bilan isitgan. Ayni shu kavshar lampa hamda avtobusdagi bir kanistr benzin yong‘inni keltirib chiqargan.

Ahror Isakov va omon qolgan yana bir o‘zbekistonlik 3 sentabr kuni ishini davom ettirgan mahkamada ishtirok etmayotir va buning sabablari Ozodlikka hozircha noma’lum qolmoqda.

Ozodlik Aqto‘beda boshlangan mahkamani kuzatmoqda, yangiliklar uchun saytimizda qoling!

XS
SM
MD
LG