Линклар

Шошилинч хабар
28 ноябр 2024, Тошкент вақти: 20:53

Oltiariq prokurori hokimning yerni zaxiraga qaytarish haqidagi soxta qaroriga protest keltirmayapti


Farg‘ona viloyati, Oltiariq tumanidagi “Hasan-Husan Nurli zamini” fermer xo‘jaligining ish yurituvchisi Husanboy Oripovning OzodMikrofonga arz qilishicha, dadasining nomida bo‘lgan fermer xo‘jaligi yeri noqonuniy, soxta hujjatlar asosida tortib olingan.

Олтиариқ прокурори ҳокимнинг ерни захирага қайтариш ҳақидаги сохта қарорига протест келтирмаяпти
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:06:32 0:00
Бевосита линк

“2015 yildan buyon fermermiz. 66,7 gektar yer maydonimiz bor edi. 2016 yilda Oltiariq tumani sobiq hokimi A.Bo‘taevning yerni davlat zaxirasiga olish haqidagi qarori bilan ekin maydonimizning qariyb 35 gektari olib qo‘yilib, boshqa fermerga qo‘shib berilgan.

Buni qarangki yerni davlat zaxirasiga olishga dadamning go‘yoki o‘zi yozgan arizasini asos qilib olishgan. Bu ariza dadamning qo‘li bilan yozilmagan, boshqa kishi, Oltiariq tumani Yermulk kadastri xodimi Nurmuhammad Ishoqov yozgan. Ikkinchidan, dadamning imzosi ham soxtalashtirilgan. Uchinchidan, arizaning burchak tamg‘asiga boshqa fermer xo‘jaligi shtampi qo‘yilgan.

Odiljon Oripovning soxtalashtirilgan husnixati va imzosi
Odiljon Oripovning soxtalashtirilgan husnixati va imzosi

Bu esa Odiljon Oripovning haqiqiy husnixati va imzosi

Odiljon Oripov husnixati va imzosi
Odiljon Oripov husnixati va imzosi

​2017 yilning yanvar oyida esa qolgan 32,75 gektar yer ham tuman zaxirasiga olib qo‘yildi. Bu safar mening, ya’ni Husanboy Oripov nomimdan soxta ariza yozdirishgan.

Husanboy Oripov nomidan yozilgan soxta ariza
Husanboy Oripov nomidan yozilgan soxta ariza

​Ana shu soxta ariza bilan olib qo‘yilgan yerimiz, hech qanday tender tanlovisiz, “Asronqul obod kelajagi” fermer xo‘jaligiga qo‘shib berilgan, tanlov g‘olibini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi Nizom talablari qo‘pol ravishda buzilgan.

Bu fermer xo‘jaligi biror marta ham paxta-g‘alla rejasini bajarmagan, birorta ham texnikasi yo‘q, yerlari doim qarovsiz bo‘lgan.

Mana, hozir ham bizdan olib qo‘yilgan yerlarni aylanib keldim. Paxta ekilgan, lekin o‘tning ichida ko‘rinmaydi, dod devorgim keldi.

"Hasan Husan Nruli zamini" fermer xo‘jaligidan olib qo‘yilgan yerning hozirgi ahvoli
"Hasan Husan Nruli zamini" fermer xo‘jaligidan olib qo‘yilgan yerning hozirgi ahvoli

Men tuman hokimining soxta qarori yuzasidan, hamma hujjatlarni to‘plab Oltiariq tumani prokuraturasiga bu dadamning yoki mening arizam emas, soxta imzo, soxta muhr deb, ariza yozdim. Men hujjatlarning soxtaligini tekshirib, hokimning qaroriga protest keltirishini talab qilgan bo‘lsam, prokuraturadan mantiqsiz javob keldi. Javobda “Sizning fermer xo‘jaligingiz 9-yanvardagi 14 sonli qaror bilan “”Asronqul obod kelajagi” fermer xo‘jaligiga biriktirib berilgan”, deb yozilyapti, xolos. Buni o‘zimiz ham bilamiz, biriktirib berilganini, lekin nega soxta qaror asosida biriktirib berilganini prokuratura izohlamagan”, deydi Husanboy Oripov.

-----------------------------------------------------------------------------------------------

Muhtaram mushtariy, agar sizni tashvishga solayotgan muammolar bo‘lsa, shuningdek, o‘zingiz guvohi bo‘layotgan voqea-hodisalar borasida Ozodlikka xabar bermoqchi bo‘lsangiz¸ bizga qo‘ng‘iroq qiling.

SMS va qo‘ng‘iroqlaringizni +420 724 971 539 va +420 724 740 755 raqamiga yo‘llang.

OzodMikrofon sizga muntazir!

OzodMikrofon rukni ostida berilayotgan fikr va mulohazalar oddiy o‘zbekistonliklarning shaxsiy ko‘z qarashlari ifodasi va bu mulohazalar uchun Ozodlik tahririyati mas’ul emas!

XS
SM
MD
LG