AQSh senati Donald Trampni prezidentlik lavozimidan chetlatishga qarshi ovoz berdi. Tarkibida respublikachilar ko‘pchilikni tashkil etgan yuqori palata amaldagi davlat rahbarini hokimiyat suiiste’moli va kongress faoliyatiga to‘sqinlik qilganlikda aybdor, deb topishdan bosh tortdi.
Hokimiyat suiiste’moli ayblovi bo‘yicha Tramp impichmentini yoqlab 48 nafar senator ovoz bergan bo‘lsa, 52 senator bunga qarshi chiqdi. Kongress faoliyatiga to‘sqinlik qilish ayblovi bo‘yicha esa 53 senator Trampni aybdor deb topishdan bosh tortdi, 47 senator esa ayblovni yoqladi.
Tramp iste’fosi uchun ovoz berganlar orasida faqat birgina respublikachi – prezidentlikka sobiq nomzod Mitt Romni bor. Ovoz berishdan bir necha soat avval u birinchi ayblov bo‘yicha o‘z qarorini ochiqlagan.
Romni o‘z partiyasi mansubi bo‘lgan prezidentni lavozimdan chetlatish uchun ovoz bergan tarixdagi ilk respublikachidir.
Trampning oqlanishi uchun demokratlardan birortasi ham ovoz bergani yo‘q.
Donald Trampga impichment e’lon qilish jarayoni tafsilotlarini shu sahifadagi "Aloqador" rukni ostidagi maqolalarni o‘qib, eslashingiz mumkin.