Линклар

Шошилинч хабар
25 ноябр 2024, Тошкент вақти: 21:41

Andijonning bir tumanida kamida 30 fermer xo‘jaligi klasterdan paxta pulini ola olmayapti


Andijon viloyati Baliqchi tumanidagi 30 nafar fermer Digitil Prom TekistelI klasteridan 2019 yil uchun topshirilgan paxta hosili pulini ololmayapti. “Ilg‘or Zaminobod” fermer xo‘jaligi rahbari Abdulatif Hamdamov va uning qizi Munojot Hamdamovadan olingan bu ma’lumotni Digitil Prom TekistelI klasteri rasmiysi tasdiqladi.

Munojot Hamdamovaning aytishicha, yanvar oyida bir guruh fermerlar Toshkentga borib, Qishloq xo‘jaligi vazirligiga shikoyat qilgan. Vazirlik bu masalani bir hafta ichida hal qilishga va’da bergan¸ biroq shu kungacha bu muammo hal etilmagan.

O‘ziga Ozodlik savollariga javob berish vakolati berilganini bildirgan Digitil Prom TekistelI rasmiysi fermerlar bilan hisob-kitob qachon amalga oshirilishining aniq muddatini bilmasligini e’tirof etdi.

Ozodlik bilan 25 fevral kungi suhbatda “Ilg‘or Zaminobod” fermer xo‘jaligi rahbari Abdulatif Hamdamov va uning qizi Munojot Hamdamova Digitil Prom TekistelI klasteri 2019 yil hosili uchun paxta pulini to‘lamay kelayotganini bildirdi:

-12 gektar yerim bor. Bu yerni 2018 yilning yozida avvalgi fermerdan men olganman. O‘sha fermerning klasterdan 30 million so‘m qarzi bor ekan. Mana shu qarzni ro‘kach qilib, menga 2019 yil paxtasi uchun pul berishmayapti. “Qarzdor boshqa odam bo‘lsa, buning uchun nega men javob berishim kerak” desam, biror bir mantiqli javob ololmayman. Axir bu hech qanday qonuchilikka to‘g‘ri kelmaydi-ku!

Suhbatdoshlar iddaosicha¸ Digitil Prom TekistelI klasteri​ nafaqat o‘zlari¸ balki tumandagi kamida 30 fermer xo‘jaligi topshirgan paxta pulini hozirgacha to‘lamay kelayotir.

Munojot Hamdamova boshqa fermerlarning matbuot orqali chiqish qilib, o‘z haqini talab qilishdan qo‘rqayotganini aytadi:

-Tumanimizda o‘ttiz fermerga pulini berishmayapti ekan. Masalan, bizga 19 million, qo‘shni fermer xo‘jaligiga 60 million qarzdor bo‘lgan klaster.


-Tumanimizda 30 fermerga pulini berishmayapti. Masalan, bizga 19 million, qo‘shni fermer xo‘jaligiga 60 million qarzdor bo‘lgan klaster. Yanvar oyining 15-kunida fermerlar birlashib Toshkentga Qishloq xo‘jalik vazirligiga borib, arz qilib kelishdi. Vazirlik bu masalani bir hafta ichida hal qilib berishga va’da bergan. Lekin shu kungacha muammo hal bo‘lgani yo‘q. Boshqa fermerlar matbuotga chiqishdan qo‘rqishayapti. "Jurnalistlarga arz qilsak, yerimizni tortib olishmasin, muammolar ko‘payib ketmasin", deb jim o‘tirishibdi.

Digitil Prom TekistelI klasterining o‘zini Jahongir deb tanishtirgan rasmiysi (familiyasini aytishni istamadi) 25 fevral kuni fermerlar bergan bu ma’lumotni tasdiqladi:

Bu masalani hal qilamiz, lekin qachon hal bo‘lishi aniq emas.

- Ha, fermerlar yuqori tashkilotlarga ham arz qilishganini tasdiqlayman. Boshlig‘imiz bu masala tez kunlarda hal etilishini aytdi. Bu masalani hal qilamiz, lekin qachon hal bo‘lishi aniq emas. Bundan boshqa biron narsa ayta olmayman, boshliqning telefon raqamlarini ham bera olmayman. Pul nimaga kechiktirilayotganini aytishga menga rahbarimiz vakolat bermadi.

Klaster rahbari nomidan gapirgan bu suhbatdosh "Belgilangan tartibga asosan fermerlarga klasterga topshirilgan hosil puli 31 dekabrgacha to‘lanishi shart edi. Nega bu muddatga amal qilinmadi?", degan savolga javob berishni istamadi.

So‘nggi bir necha oy ichida O‘zbekistonda klaster korxonalar bilan fermerlar o‘rtasida davomli ziddiyat saqlanib qolayotgani haqida Ozodlik muntazam yozib kelmoqda.

Ozodlikka murojaat qilgan fermerlar klaster korxonalarini kontrakt shartlarini buzganlik, bo‘nak puli va yonilg‘i-mineral o‘g‘it bilan o‘z vaqtida ta’minlaganlik va hosil pulini to‘lashni kechiktirayotganlikda ayblab keladi.

Klaster korxonalarining aksariyati o‘z kamchiligini tan olgan bo‘lsa, ba’zilari fermerlar iddaolarini rad etib keladi.

24 fevral kuni Ozodlik Farg‘ona viloyatining Furqat tumanidagi 80 fermer Bulut textile paxta-to‘qimachilik klasteri faoliyatini to‘xtatish talabi bilan prezident administratsiyasi rahbari Zaynobiddin Nizomiddinov va Bosh vazirning agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi Abror Vahobov nomiga ariza yozgani haqida xabar bergan edi.

Fermerlarning yozishicha, Bulut textile fermerlardan 2019 yil hosili uchun to‘lanadigan haqdan noqonuniy miqdorda yuzlab million so‘m ushlab qolgan, fermerlarni mineral o‘g‘itlarni asossiz ravishda ikki barobar qimmatga sotib olishga majbur qilgan.

22 yanvar kuni Farg‘ona viloyat, Uchko‘prik tumani fermerlari 2019 yil paxta hosili pulini klaster korxonasidan ola olmayotgani haqida shikoyat qilgan edi.

Farg‘ona viloyat, Yozyovon tumanidagi 48 fermer O‘zbekiston Bosh vazirining virtual qabulxonasiga “Bahodir Log‘on Tekstil” klaster korxonasi ustidan arz qilib, shikoyat yozdi.

Jumladan, Andijonning Ulug‘nor tumanidagi "Vodiy sanoat faxri" MChJ klaster korxonasiga paxta sotgan o‘nlab fermer xo‘jaligi 2019 yilgi hosil pulini ololmay sarson bo‘lmoqda.

Samarqandning Oqdaryo tumanidagi klaster korxonasi fermerlarning 7 mlrd so‘m paxta pulini to‘lamayapti.

Toshkent viloyatining Oqqo‘rg‘on tumanida esa qariyb 300 nafar fermer “AVS Oqqo‘rg‘on Agroklaster” bilan shartnoma imzolaganiga ikki yildan oshganiga qaramay ular klasterga topshirgan hosil pulini olmagan.

XS
SM
MD
LG