Линклар

Шошилинч хабар
27 ноябр 2024, Тошкент вақти: 01:32

“Boshimizga tushgan musibatdan vijdonsizlar foydalanib qolyapti”(VIDEO)


Sardoba tumanida uysiz qolganlarga kiyim-kechak tarqatilishi
Sardoba tumanida uysiz qolganlarga kiyim-kechak tarqatilishi

Sardoba fojiasidan so‘ng 24 ta aholi punktidan qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi. Ular Sirdaryo va Jizzax viloyati tumanlariga joylashtirildi.

Ozodlik 9 may kuni Jizzax shahridan vaqtincha boshpana topgan sardobaliklardan biri bilan suhbatlashdi.

Asli kasbi o‘qituvchi bo‘lgan bu ayolning OzodMikrofonga aytishicha, u oilasi bilan Sardoba tumanining “Yurtdosh” mahallasida (sobiq ittifoq davridagi 1-sovxoz) yashagan, 1 may kungi toshqinda zo‘rg‘a jonlarini saqlab qolgan.

Cардоба туманида эҳсон тарқатилиши
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:57 0:00

O‘qituvchining aytishicha, toshqindan jabr ko‘rgan aholiga yuborilayotgan insonparvarlik yordamlari to‘lig‘icha aholiga yetib kelmayapti:

“Men noshukrchilik qilmoqchi emasman, xalqimga ming marta rahmat. Shuncha narsa yuboryapti. Lekin bu yerda boshqa narsa bo‘lyapti. Biz bitta ko‘ylak bilan qochib chiqqanmiz, qaytib uyimga borsam hech narsa qolmabdi. Sardoba tumani bozori yonida joylashgan omborxonasiga borsak, ur-sur, to‘polon, qiyomat odam. Olti soat navbatda turib, yirtilib ketgan, eski kiyimlarni oldik. Omborxona yonbosh eshigidan qarasak odamlar ehson qilgan yangi kiyim-kechak, ko‘rpa -to‘shak, idish-tovoqlarni chetga olib qo‘yib, xalqqa eski, yaroqsiz narsalarni tarqatyapti”

“Бошимизга тушган мусибатдан виждонсизлар фойдаланиб қоляпти”
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:10:00 0:00
Бевосита линк

-----------------------------------------------------------------------------------------------

Muhtaram mushtariy, agar sizni tashvishga solayotgan muammolar bo‘lsa, shuningdek, o‘zingiz guvohi bo‘layotgan voqea-hodisalar borasida Ozodlikka xabar bermoqchi bo‘lsangiz¸ bizga qo‘ng‘iroq qiling.

SMS va qo‘ng‘iroqlaringizni +420 724 971 539 va +420 724 740 755 raqamiga yo‘llang.

OzodMikrofon sizga muntazir!

OzodMikrofon rukni ostida berilayotgan fikr va mulohazalar oddiy o‘zbekistonliklarning shaxsiy ko‘z qarashlari ifodasi va bu mulohazalar uchun Ozodlik tahririyati mas’ul emas!

XS
SM
MD
LG