Линклар

Шошилинч хабар
27 декабр 2024, Тошкент вақти: 03:24

Asadni ag‘dargan Suriyadagi isyonchilar rahbari Jo‘loniy kim?


Isyonchilar rahbari Abu Muhammad al-Jo‘loniy Damashqdagi Ummaviylar masjidida yig‘ilganlarga xitob qilmoqda. 8-dekabr, 2024
Isyonchilar rahbari Abu Muhammad al-Jo‘loniy Damashqdagi Ummaviylar masjidida yig‘ilganlarga xitob qilmoqda. 8-dekabr, 2024

Abu Muhammad al-Jo‘loniy 2016-yilgacha Al-Qoida tashkilotining Suriyadagi bo‘limi rahbari sifatida faoliyat yuritgan. Biroq, u jamoatchilik e’tiboridan chetda qolayotgan shaxs edi.

Jo‘loniy Al-Qoidadan ajralib chiqib, o‘z guruhini tuzdi va 13 yillik fuqarolik urushidan so‘ng Asadni hokimiyatdan ag‘dargan isyonchilar rahbari sifatida e’tiborga tushdi.

42 yashar Jo‘loniyning haqiqiy ismi Ahmad al-Shar’a. “Kelajak bizniki", - deb aytdi Jo‘loniy Suriya davlat telekanalida qilgan chiqishida.

U hukumat tinch topshirilishini aytar ekan, ungacha Suriya davlat muassasalari amaldagi bosh vazir nazorati ostida qolishini e’lon qildi.

Сурияда Асад режими қулади, унинг ўзи қочди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:13:18 0:00


Oklaxoma universitetining Suriya bo‘yicha eksperti va Yaqin Sharq tadqiqotlari markazi rahbari Joshua Landis Jo‘loniy qayta qurollanib, yangi ittifoqchilar orttirganini aytadi. Uning fikricha, Jo‘loniy Suriyadagi diniy va milliy ozchiliklar qarshisida qudratli kuch sifatida namoyon bo‘lmoqda.

"Jo‘loniy Asaddan aqlliroq", deydi tahlilchi.

Century International tahlil markazi xodimi Aron Lundning fikricha, Jo‘loniy va HTSH ("Hay’at Tahrir ash-Shom") ilgari shafqatsiz bo‘lgan bo‘lsa-da, hozirga kelib o‘zgargan.

“Bu albatta "piar", lekin ularning harakati guruh avvalgidek qattiqqo‘l emasligini ko‘rsatadi. "Al-Qoida" va "Islomiy davlat" (ko‘pgina davlatlarda terrorchi tashkilot deb e’lon qilingan-tahr.) da bu hech qachon kuzatilmagan», deydi tahlilchi.

"Jabhat an-Nusra" ("Nusra fronti") bundan o‘n yil avval Asadga qarshi qo‘zg‘olonning dastlabki kunlarida paydo bo‘lgan ko‘p sonli isyonchi guruhlardan biri edi.

"Nusra fronti" ni tashkil etishdan oldin Jo‘loniy Iroqda "Al-Qoida" saflarida jang qilgan. Hatto besh yil umrini AQSH qamoqxonasida ham o‘tkazgan.

Shundan keyin Iroqdagi ISHID guruhi rahbari Abu Umar al-Bag‘dodiy uni "Al-Qoida" faolligini oshirish uchun Suriyaga yuboradi.

ISHIDning 2013-yilda "Nusra fronti"ni bir tomonlama bo‘ysundirish harakatidan keyin Jo‘loniy o‘zining eski ittifoqchisi Bag‘dodiyga qarshi qonli urush olib bordi. Nusra Al-Qoida bilan aloqador bo‘lishiga qaramay, undan farqli o‘laroq tinch aholi va boshqa isyonchi guruhlarga nisbatan bag‘rikeng va mo‘tadil bo‘ldi.

"ISHID" parchalanishi bilan, Jo‘loniy Suriya shimoli-g‘arbidagi Idlib viloyatida mustahkam o‘rnashib, «Najot hukumati» deb nomlangan fuqarolik ma’muriyatini tashkil qildi.

Asad hukumati boshqa isyonchilar qatori HTSHga ham terrorchi tashkilot deb qaragan.

HTSH ma’muriyati Suriyadagi alaviy, nasroniy va boshqa ozchiliklar manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan bayonotlar bilan chiqdi.


Halab janubidagi nasroniy aholiga yo‘llagan maktubida Jo‘loniy ularning mollari va jonlarini himoya qilishini aytib, ularni o‘z uylarida qolishga va Suriya hukumatining «psixologik urushini» rad etishga chaqirdi.

“U haqiqatan ham muhim shaxs. Suriyadagi isyonchilarning asosiy yetakchisi, eng kuchli islomchi", - deydi Lund.

Uning xulosa qilishicha, Jo‘loniy boshchiligidagi guruh Asadga qarshi ko‘tarilgan 2011-yilgi harakatning bir qismi sifatida inqilobiy o‘zgarishlarga da’vo qilmoqda.

XS
SM
MD
LG