Линклар

Шошилинч хабар
27 ноябр 2024, Тошкент вақти: 02:26

Safar Bekjon: O‘zbekiston vatandoshligidan chiqarishgani sababini izohlashmadi


Safar Bekjon.
Safar Bekjon.

Shveysariyaning Lozanna shahrida yashayotgan asli o‘zbekistonlik siyosiy faol Safar Bekjonning Ozodlikka aytishicha, uni bir yil avval O‘zbekiston vatandoshligidan chiqarib yuborishgani haqida endi xabar topgan. O‘zbekistondan tashqari boshqa vatandoshligi yo‘qligini aytgan Safar Bekjon uni vatandoshlikdan mahrum qilishganini o‘zining siyosiy faoliyati bilan bog‘lamoqda.

57 yashar Safar Bekjon (Bekchanov Saparbay Jumabaev)ning Ozodlik bilan suhbatda aytishicha, unga O‘zbekiston vatandoshligidan chiqarilgani sababini izohlashmagan:

- O‘zbekistonning Berlindagi konsulligidan xat oldim. Xatda prezident farmoniga ko‘ra, 2017 yil 17 mart kuni men vatandoshlikdan chiqarilganim aytilgan. Sababi ko‘rsatilmagan. Sabab ko‘rsatilishi kerak, mana shu sabablarga ko‘ra, vatandoshlikdan chiqarildi deb ya’ni ayb ko‘rsatilishi kerak. Ayb ko‘rsatilmagan. Mening agar ikkinchi vatandoshligim bo‘lganda, shuni sabab qilib ko‘rsatishlari mumkin edi. Lekin mening ikkinchi vatandoshligim yo‘q. Menda BMT bergan qochqinlik hujjati bor xolos.

Safar Bekjon konsullik tomonidan jo‘natilgan xat nusxasini Ozodlikka taqdim qildi. Konsullik xatida “O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligining Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, Bekchanov Saparbay Jumabaevning O‘zbekiston fuqaroligi O‘zbekiston prezidentining 2017 yil 17 martdagi PF-4948 raqamli farmoniga asosan yo‘qotilgan”, deyilgan.

Ozodlik Safar Bekjonning O‘zbekiston vatandoshligidan chiqarilganiga oydinlik kiritishni so‘rab, O‘zbekistonning Berlindagi

konsulligiga murojaat qildi. Konsullikdan bu “shaxsiy maqomdagi ma’lumotlar turiga mansub bo‘lganligi sababli, unga javob berish elchixona vakolatiga kirmasligini ma’lum qilamiz” degan javobni oldi.

Safar Bekjon vatandoshlikdan chiqarilganini siyosiy faoliyati bilan bog‘laydi:

- Bu, albatta, diktaturaning davomi. Janob Mirziyoev islohotlariga ishonganida meni O‘zbekistonga kiritardi. Demak, janob Mirziyoev mening siyosatchi sifatida O‘zbekistonda bo‘lishimga qarshilik qilayapti. Uni tanqid qilib, unga zarba berishim mumkin bo‘lgan siyosatchi sifatida O‘zbekistonda bo‘lishimni istamayapti.

Safar Bekjonning aytishicha, u xorijlik tadbirkorlardan iborat 10 kishilik guruh tuzgan va shu guruh yordamida O‘zbekistonning qishloq xo‘jaligi sohasiga investitsiya kiritishni rejalashtirgan, biroq u endilikda bu loyihasi amalga oshmasligidan afsuslanadi. Bu borada quyidagi audio suhbatda to‘liq tinglashingiz mumkin:

Сафар Бекжон билан суҳбат
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:10:00 0:00
Бевосита линк

Xorazmning Hazarasp tumanida tug‘ilib, o‘sgan Sarfar Bekjon 1997 yil fevral oyida siyosiy faoliyati sabab O‘zbekistonni tark etib, Shveysariyaga kelgan va keyinchalik shu yerda qochqinlik maqomi olgan.

Safar bekjon Xalqaro Yozuvchilar Parlamenti a’zosidir.

O‘zbekiston "Erk" demokratik partiyasi Markaziy kengashi a’zosi bo‘lgan Bekjon 1993-96 yillarda O‘zbekistonda qamoq jazosini o‘tagan.

U O‘zbekiston qamog‘ida ko‘rgan-kechirganlari haqidagi “Narigi dunyo darchasi oldida” nomli kitob muallifidir.

Safar Bekjon 2013 yili O‘zbekistonning marhum prezidenti Islom

Karimovning to‘ng‘ich qizi Gulnora Karimovaga oid Jenevadagi villaga kirgani voqeasi bilan Ozodlik muxlislariga tanish.

U Gulnora Karimovaning Jeneva kantoni 1223 ch Chemin de la Prévôté 7 ko‘chasidagi bir necha million dollar ekani ishoniladigan uyiga noqonuniy kirib olgan edi.

O‘zbekistonlik faol o‘zining bu amalini “qonunga zid bo‘lmagan siyosiy aksiya”, deb atagandi.

Karimova xonimga tegishli uyda to‘rt kecha qolgan siyosiy faol Safar Bekjon villada O‘zbekiston muzeylari fondiga oidligi taxmin qilingan 60 ta tasviriy san’at durdonasi hamda Qur’onning 18-asrda ko‘chirilgan nodir qo‘lyozmasi chiqqanini fotosuratlar bilan namoyish qilgandi.

XS
SM
MD
LG