Линклар

Шошилинч хабар
27 ноябр 2024, Тошкент вақти: 05:42

Hayit kuni 8 yashar qizchani o‘g‘irlab ketmoqchi bo‘lgan erkak ushlandi


O‘rtachirchiqdagi voqea aks etgan videodan kadr
O‘rtachirchiqdagi voqea aks etgan videodan kadr

5 iyun kuni Toshkent viloyati O‘rtachirchiq tumanida mahalliy aholi pedofil deya gumon qilgan o‘rta yashar erkak Toshloq mahallasida yashovchi 8 yashar qizni oldin aldab¸ keyin zo‘rlab olib ketishga uringan paytda qo‘lga olindi.

Bu haqda voqea tafsilotlaridan xabardor mahalliy aholi vakillari Ozodlikka ma’lum qildi.

O‘zbekiston Bosh prokuraturasi matbuot xizmati bu voqea tafsilotlariga oydinlik kiritidi.

Ozodlikkka taqdim qilingan rasmiy ma’lumotga ko‘ra¸ O‘zbekistonda hayit nishonlanayotgan 5 iyun kuni taxminan soat 14 da Navro‘z ko‘chasida yashaydigan 8 yashar qizga ko‘chadagi yoshi 40 dan oshgan erkak «mana senga 100 ming so‘m hayitlik, yur uyimga olib boraman» deb aytib¸ aldab olib ketmoqchi bo‘lgan.

Prokuratura bayonotida¸ bu voqea yuzasidan qizning otasi O‘rtachirchiq tumani IIB boshlig‘iga yozgan murojaatida¸ "qizcha qarshilik qilganini shu mahallada yashovchi P.K. ko‘rib qolganligini va qo‘shnilar bilan birga ushbu noma’lum shaxsni ushlab olganligini, O‘rtachirchiq tumani IIBga holat yuzasidan xabar qilganligini, ushbu holat yuzasidan qonuniy qaror qabul qilishlikni so‘ragani" aytiladi.

O‘zini Toshloq mahallasi faoli deb tanishtirgan Abduqahhor aka Ozodlik bilan suhbatda “yosh qizchani pul berib jinsiy zo‘rlamoqchi bo‘lgan kishi mahalla ahli tarafidan ushlanib¸ IIB xodimlariga topshirilgani"ni aytdi.

Uning aytishicha¸ Toshloq MFY xodimlari IIB xodimlari kelguncha ehtimoliy pedofilning aholi tarafidan sazoyi qilib kaltaklanmasligini ta’minlagan.

Ozodlik tasarrufida Toshloq mahallasida 8 yashar qizaloqni pul berib uyiga olib ketmoqchi bo‘lgan erkak kishining qo‘lga olingani aks etgan videotasvir bor.

Videoda yoshi katta bir ayol “sendaqa ifloslarni o‘ldirib yuborish kerak”¸ deydi. Bunga javoban videodagi aftodahol erkak “Qo‘lingdan nima keladi?” deya ikki qo‘lini sarak qilib, o‘ziga malomat qilayotganlarga qarab baqiradi.

Ozodlik o‘z tasarrufidagi ayni videoni huquq-tartibot organi xodimiga ko‘rsatganida¸ mulozim videodagi shaxsning 5 iyun kuni qizchani o‘g‘irlashda gumonlanib qo‘lga olingan ayni shaxs ekanini tasdiqladi.

Mulozimga ko‘ra¸ qizaloqning otasi O‘rtachirchiq tumani IIB boshlig‘i nomiga ariza yozib¸ zo‘ravon jazoga tortilishini talab qilgan.

Ota o‘z arizasida qizining jinsiy tajovuz urinishi nishoni bo‘lganini aytgan.

Bosh prokuratura matbuot xizmatiga ko‘ra¸ hozirgi kunda mazkur holat yuzasidan O‘rtachirchiq tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Ozodlik ayni voqea yuzasidan tekshiruv harakatlari olib borayotgan tergovchi va O‘rtachirchiq tuman IBB boshlig‘i bilan ham gaplashdi.

IIB boshlig‘ining Ozodlikka aytishicha¸ “ bu hodisa yuzasidan asoslantiruvchi hujjatlar to‘planganidan keyingina matbuotga xabar beriladi”.

Huquq-tartibot organlarida ishlovchi boshqa bir mulozimning Ozodlikka aytishicha¸ hozirga qadar gumonlanuvchi va guvohlar ko‘rsatmalari olib bo‘lingan.

O‘zbekiston Jinoyat Kodeksida pedofillik jinoyati aniq malakalanmagan.

2016 yili Xorazm viloyati Qo‘shko‘pir tumanida 7 yashar qizchani zo‘rlashda gumonlanib hibsga olingan 28 yashar yigit, 119-moddasi (Zo‘rlik ishlatib, qo‘rqitib yoki jabrlanuvchining ojizligidan foydalanib, jinsiy ehtiyojni qondirish), 4-qismi bilan (qo‘rqitib sodir etish)da aybli deb topilgan edi.

Joriy yil yanvarida Andijon viloyat, Paxtaobod tumanidagi Ozod mahallasida 5 yashar qizchani zo‘rlab¸ keyin o‘ldirgan 31 yashar M.I sud hukmi bilan ayni moddada ko‘zda tutilgan jinoyatda ayblanib¸ 19 yilga ozodlikdan mahrum qilingan edi.

XS
SM
MD
LG