Линклар

Шошилинч хабар
19 ноябр 2024, Тошкент вақти: 17:24

MIB: Ahmadboy 11710 kishiga 40,5 mln. dollarlik zarar yetkazgan


“Ahmadboy ishi” doirasida 11 ming 710 kishi jabrlanuvchi deb e’tirof etilgan, yetkazilgan zarar miqdori esa 386 milliard so‘mdan ko‘proqni (taqriban $40,5 mln) tashkil qiladi.

Bu haqda Majburiy ijro byurosi Toshkent viloyati boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Bekzod Mengliev 17 dekabr kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida bo‘lib o‘tgan tadbirda ma’lum qildi, deya xabar qildi mahalliy nashr.

MIB mulozimiga ko‘ra, ayni paytda firibgarlik, noqonuniy moliyaviy piramida tashkil etish va boshqa jinoyatlarda aybdor deb topilib, javobgarlikka tortilgan chinozlik Ahmad Tursunboyevga tegishli 29 ta ko‘chmas mulk va 8 ta avtomobil xatlanib, ularni auksionda sotish ustida ish olib borilmoqda. Bundan tashqari, dastlabki tergov davrida olib qo‘yilgan pul mablag‘lari ham mavjud.

Bu mulklarni sotishdan tushgan pullar yetkazilgan zararni qoplaydimi-yo‘qmi – hali ma’lum emas.

Aytilishicha, dastlabki tergovda olib qo‘yilgan pul mablag‘lari MIB hisob-raqamiga o‘tkazilishi va mulklar sotilishi bilan zararlarni qoplash boshlanadi. Jabrlanuvchilarning ro‘yxati shakllantirilgan, tushgan mablag‘lar bo‘yicha maxsus elektron dastur yaratilgan bo‘lib, kimning qancha haqi borligidan kelib chiqqan holda proporsional taqsimlanib boriladi.

"Ahmadboy ishi"ga doir boshqa materiallarni shu sahifadagi "Aloqador" ruknida o‘qishingiz mumkin.

Алоқадор

XS
SM
MD
LG