Линклар

Шошилинч хабар
23 ноябр 2024, Тошкент вақти: 11:56

BMT: Dinni tahqirlashga doir qonunlarni bekor qiling


Birlashgan Millatlar Tashkilotining e'tiqod erkinligi bo'yicha maxsus tergovchisi jahon bo'ylab dinni tahqirlashga doir qonunlarni bekor qilishga chaqirmoqda.

Uning nazarida bu qonunlar faqatgina so'z erkinligini cheklash va ozchilikdagi guruhlarga nisbatan nafrat qo'zg'atish uchun xizmat qiladi.

Maxsus tergovchi Hayner Bilefelt BMT Inson huquqlari kengashiga o'z hisobotini taqdim etdi. Diniy erkinlik va so'z erkinligi, deydi u, bir-birini to'ldiradigan, bir-biriga tayanch tushunchalar. Ammo shakkoklik to'g'risidagi qonunlar fundamental bu huquqlarni toptash uchun, ozchilikdagi guruhlarni ezish uchun qo'llanmoqda.

Pokistonda, masalan, kufr uchun hatto o'limga mahkum etilishingiz mumkin. Hozirgacha hukm amalda qo'llangan emas, ammo shunday ayblov bilan qamalganlar o'lim jazosini kutmoqda, deydi professor Bilefelt.

Izlanishlar natijasiga qaraganda Pokistonda dinni haqoratlashga doir qonunlardan shialar, nasroniylar va Ahmadiya oqimi a'zolari eng ko'p aziyat chekadi.

Ammo, deya qayd etadi ekspert, bunday qonunlar Yaqin Sharq, Janubiy va Markaziy Osiyo va hatto Yevropada ham bor.

Deylik, Germaniya, Daniya, Polsha va Gretsiyada kolonial davrlarga xos qonunlar uchraydi. Bu jamiyatlarda xudobezorilik jinoyat emas, ammo diniy hissiyotlarni himoyalashga qaratilgan qonunlar yaratilgan. Rossiyada ham shunday.

"BMT Inson huquqlari kengashiga a'zo Rossiya taqvodorlarni himoya qilishda yetakchilikni Pokistondan tortib olgan. Albatta, bu yerda pravoslav dindorlar haqida gap ketayapti. Biz yuqorida tilga olgan qonunlar odatda ko'pchilik huquqlarini himoya qiladi, ozchiliklagi guruhlar esa jabrini tortadi", - deydi professor Bilefelt.

Kufr qonunlari deganda ko'proq musulmon davlatlar nazarda tutiladi, ammo hindu, buddist va nasroniy jamiyatlar ham bu illatdan xoli emas.

BMT tergovchisi so'zlariga ko'ra, bu qonunlar aksar hollarda tanqidiy fikrlarni o'chirish, odamlarni e'tiqodiga qarab ajratish va ularga qarshu nafrat qo'zg'atish uchun qo'llanmoqa.

Markaziy Osiyo va Rossiyada, deydi tergovchi, ozchilikdagi guruhlar ekstremizmga qarshi kurash bahonasida doimiy ravishda ta'qib qilinadi. Hukumatlar ekstremizmga qarshi kurashishiga hech kim yo'q demaydi, ammo bu ish fundamental huquqlar toptalishiga olib kelmasligi kerak.

XS
SM
MD
LG